95
ning shimoliga Nurota tog‘ tizmasi va Oqtog‘ kirib
kelgan.
Samarqand viloyatining maydoni – 16
800 kv. km,
aholisi – 3 million 583 ming kishidan ortiq.
Viloyatning asosiy daryosi – Zarafshon.
Shuning-
dek, Darg‘om, Narpay, O‘ng qirg‘oq, Chap qirg‘oq,
Markaziy magis
tral, Zarafshon,
Eski anhor kanallari,
Katta qo‘rg‘on suv ombori mavjud.
Viloyatda oltin, volfram, neft, tabiiy gaz, marmar,
granit, ohaktosh kabi foydali qazilma konlari mavjud.
Viloyat markazi – dunyoga tanilgan qadimiy Samar-
qand shahridir (58-rasm). Viloyatda Katta qo‘rg‘on, Ur-
gut, Oqtosh va boshqa shaharlar ham bor.
Sirdaryo, Jizzax va
Samarqand viloyatlarida yoz-
da havo issiq va quruq bo‘ladi. Havo harorati iyul
oyida +38°C atrofi da, ba’zida harorat +42°C
gacha
ko‘tariladi. Yanvarda o‘rtacha harorat
−4°C ni tashkil
etadi.
Ayrim kunlari harorat
−20°C gacha pasayadi.
Bu viloyatlar hududining bir qismi cho‘llarga to‘g‘ri
keladi. Mirzacho‘l va Qarnobcho‘lda sho‘ro‘zak,
57-rasm. Aydarko‘l (1), uning atrofi da yashovchi laylaklar (2)
va fl amingolar (3).
1
2
3
96
qorabosh, shuvoq, chalov, sho‘ra, yulg‘un, yantoq
kabi o‘simliklar o‘sadi. Qarnobcho‘lning qumli joylari-
da
oq va qora saksovul, juzg‘un, cherkez, quyonsu-
yak, selin, iloq va boshqa o‘simliklar uchraydi.
Cho‘llarda qo‘shoyoq, yumronqoziq, qumsichqon,
tipratikan, quyon, tulki,
kaltakesak, ilon, bo‘rsiq, fa-
langa, qoraqurt uchraydi. Qushlardan laylak, to‘r-
g‘ay, so‘fi to‘rg‘ay, qirg‘ovul, loyxo‘rak kabilar makon
topgan.
Tog‘li
hududlarda archa, na’matak, yong‘oq, irg‘ay,
zirk, xandon pista, bodom, do‘lana kabilar o‘sadi. Bu
yerlarda kiyik, tog‘ echkisi, bo‘ri, ayiq, to‘ng‘iz, beda-
na, bulbul, kaklik, kalxat, lochin, burgut uchraydi.
Cho‘llarning katta qismi o‘zlashtirilgan. Bu yerlar-
dan mo‘l hosil olinadi.
Tabiatni muhofaza
qilish maqsadida Jizzax va
Samarqand viloyatlarida 3 ta qo‘riqxona tashkil
etilgan (59-rasm).
Nurota tog‘-yong‘oq davlat
Do'stlaringiz bilan baham: