Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


 Toshkent shahrining egallagan maydoni va aholi  sonini aytib bering. 2


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

1. Toshkent shahrining egallagan maydoni va aholi 
sonini aytib bering.
2. Poytaxtning diqqatga sazovor joylari haqida nima-
larni bilasiz?
3. Xaritadan Toshkent viloyati hududidagi tog‘lar, 
daryo va suv omborlari haqida gapirib bering.
4. Viloyatning o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida 
nimalarni bilasiz? 
5. Toshkent viloyatida qanday foydali qazilma konlari 
mavjud?
Yozuvsiz xaritada Toshkent viloyati hududini 
bo‘yang, asosiy shaharlar nomlarini yozing.
NAMANGAN, ANDIJON VA FARG‘ONA 
VILOYATLARI TABIATI
Namangan viloyati
ning yer yuzasi, asosan, te-
kislik bo‘lib, shimol tomoni Chotqol va Qurama tog‘ 
tizmalari bilan o‘ralgan. Viloyatning yer yuzasi dengiz 
sathiga nisbatan 350 – 800 m baland.
Namangan viloyatining egallagan maydoni –
7 400 kv. km, aholi si – 2 million 603 ming kishidan ortiq. 
Markazi – Namangan shahri. Shuningdek, Chust, 
Kosonsoy va boshqa shaharlar ham bor.
Viloyatning eng katta daryosi – Sirdaryo. U No-
rin va Qoradaryo 
ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
?
4 – Tabiatshunoslik, 4-sinf


90
Chotqol tog‘idan oqib tushadigan kichik tog‘ daryo-
lari Norin va Sirdaryoga quyiladi. 
Viloyatda Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv ombor-
lari, Oxunboboyev, Shimoliy Farg‘ona, Katta Naman-
gan kanallari qazilgan.
Namangan viloyati hududida oltin, kumush, neft, 
tabiiy gaz, mar 
mar, granit, ohaktosh konlari mavjud.
Andijon viloyati
ning yer yuzasi, asosan, tekis-
likdan iborat bo‘lib, g‘arbiy qismining dengiz sathi-
dan balandligi 400–500 m. Sharqiy tomoni Farg‘ona 
va Oloy tog‘ tizmalariga tutashib ketgan. Andijon 
mamlakatimiz ning eng sharqida joylashgan viloyatdir. 
Andijon viloyatining egallagan maydoni – 4 200 kv.km, 
aho li si – 2 million 910 ming kishidan ortiq. Viloyat 
mar ka zi – Andijon shahri. Shuningdek, Asaka, Paxta-
obod va boshqa shaharlar ham bor. Asakada Mar-
kaziy Osiyodagi eng yirik avtomobilsozlik kompani-
yasi joylashgan. Kompaniyada «Neksiya», «Lasetti», 
«Malibu», «Spark», «Captiva», «Cobalt» kabi jahon 
bozoridan o‘rin olgan avtomobillar ishlab chiqariladi.
Viloyatda Katta Farg‘ona kanali, Janubiy Farg‘ona, 
Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shahrixonsoy va 
boshqa kanallar qazilgan. Qoradaryoda Andijon suv 
ombori qurilgan.
Ushbu hududda neft, tabiiy gaz, ohaktosh va 
boshqa foydali qazilma konlari bor. 
Andijon viloyatida 5 ta istirohat bog‘i, ko‘plab xiyo -
bonlar mavjud. Mustaqillik yillarida Andijon shahrida 
Bobur milliy bog‘i va Cho‘lpon bog‘i barpo etildi.


91

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling