107
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA
XORAZM VILOYATI TABIATI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hududining may-
doni – 166 600 kv. km, aholisi – 1 million 791 ming
kishidan ortiq, poytaxti – Nukus shahri. Respublika-
da Xo‘jayli, Beruniy, To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq,
Chimboy va boshqa shaharlar ham bor.
Bu o‘lkada suv manbayi, asosan, Amudaryo va
undan chiqadigan kanallar hisoblanadi. O‘lka hudu-
dida Orol
dengizidan tashqari Sariqamish, Jiltirbos,
Dovutko‘l, Mashanko‘l kabi ko‘llar mavjud.
Qoraqalpog‘iston cho‘llari va adir
larida qatron-
bosh, qandim (67-rasm), yulg‘un, shuvoq, sho‘ra,
iloq kabi o‘simliklar o‘sadi. Amu-
daryo to‘qayzorlari qamish, yan-
toq, turang‘il, yov
voyi jiyda, qiyoq
kabi o‘sim
liklar bilan qoplangan.
Cho‘l
va adirlarda yumronqoziq,
qum sichqoni, qo‘shoyoq, kaltake-
sak, ilon, tulki, bo‘ri, jayron, kiyik,
sayg‘oq, to‘rg‘ay, quzg‘un kabilar
uchraydi. Amudaryo to‘qayzorlarida
g‘oz, o‘rdak, oqqush, qir
g‘o vul,
qo‘ton, ondatra, tulki, chiyabo‘ri,
to‘qay mu
shugi, to‘ng‘iz, bo‘rsiq
kabi jonivorlar yashaydi.
Amudaryo to‘qayzori tabiatini
asrash
va muhofaza qilish maqsa-
67-rasm.
Qatronbosh (1)
va qandim (2).
1
2
108
dida
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati
tashkil etilgan. Uning katta qismini to‘qay o‘simliklari
egallagan. Rezervatda har xil hasharot turlari, Tur-
kiston ola-bula qanotli kapalagi, qora qanotli ni-
nachi, ko‘plab qushlar,
jumladan, ilonxo‘r sapsan,
uzun dumli burgut, qora kalxat, fazan (tustovuq),
xongul, to‘ng‘iz muhofazaga olingan.
Qizilqum va Sulton Uvays tog‘ tizmasi oralig‘ida
qadimiy shahar qoldig‘i – Ayoz qal’a joylashgan
(68-rasm).
Qoraqalpog‘iston hududida tabiiy gaz,
osh tuzi,
sulfat tuzi, marmar, granit, ohaktosh kabi foydali qa-
zilma konlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: