109
Amu daryodan chiqarilgan kanallar viloyatni suv
bilan ta’minlaydi. Daryo bo‘yidagi to‘
qay larda o‘t
o‘simliklardan
tashqari, turang‘il teragi, tol, jiyda, qi-
zil yulg‘un kabi buta va daraxtlar o‘sadi.
Cho‘l va adirlarda chipor ilon, ko‘k qurbaqa,
toshbaqa,
turli kemiruvchilar, to‘qayzor
larda to‘qay
mushugi, chiyabo‘ri, to‘rg‘ay, o‘rdak, kulrang g‘oz,
qizilishton, zarg‘aldoq va boshqalar bor. Suv
havzalarida ondatra va nutriya uchraydi.
70-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy xaritasi.
1 sm – 45 km
110
Xaritalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xo-
razm
viloyatining hududi, chegaralari,
asosiy shahar,
daryo, kanal va suv omborlarini ko‘rib chiqing.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
bilan chegaradosh davlat
va viloyatlarni xaritadan
ko‘rsating.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Xorazm viloyati-
ning maydoni,
aholi soni, shaharlarini ayting.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qanday
foydali qazilmalar mavjud?
4. Bu o‘lkalarda qanday o‘simliklar o‘sadi?
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati-
ning hayvonot dunyosi haqida nimalarni bilasiz?
Yozuvsiz xaritada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
Xorazm viloyati hududini bo‘yang,
asosiy dar-
yo, ko‘l, kanal va suv omborlari nomini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: