115
74-rasm. Xo‘jakentdagi qoyatoshga
chizilgan kiyik rasmi.
75-rasm. Imom al-
Buxoriy maqbarasi.
O‘ZBEKISTONDAGI TABIAT YODGORLIKLARI VA
TARIXIY OBIDALAR
Tabiatda insonlar ko‘rib zavqlanadigan g‘aroyib,
noyob narsalar, qiziqarli shakllar ko‘plab uchraydi.
Odamlar uchun shifobaxsh yoki boshpana bo‘ladigan
joylar ko‘plab uchraydi. Tabiat yaratgan bunday
g‘aroyib, noyob maskanlar qadimdan odamlarni
o‘ziga jalb qilib kelgan.
Tabiat yodgorliklari – jonli va jonsiz tabi-
at yaratgan noyob, diqqatga sazovor joylar:
g‘orlar, sharsharalar, g‘aroyib shaklli qoyatosh-
lar, daralar, buloqlar, yer po‘stining ochilib qol-
gan joylari, katta yoshli ulkan daraxtlar, toshga
aylangan o‘simlik va hayvonlar.
116
O‘zbekistonda bunday tabiat
yodgorliklaridan juda
ko‘p: qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshik-
tosh g‘ori, ibtidoiy odamlar yashagan Obirahmat
g‘ori, Sayrob, Boysun, Xo‘jakentdagi qadimgi chi-
norlar, Qo‘ytosh, Qirqqiz,
Odamtosh, Xo‘jakentdagi
qoyatoshlarga chizilgan rasmlar (74-rasm) shular
jumlasidandir. Mamlakatimizda 400 dan ziyod tabiat
yodgorliklari ro‘yxatga olingan. Tabiat yodgorliklari-
dan ilmiy, sayohat,
istirohat, davolanish, tarbiyaviy
maqsadlarda foydalaniladi. Shu sababli tabiat yod-
gorliklari davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Tarixiy obidalar moddiy
madaniyat yodgorliklari
bo‘lib, mamlakat, xalq madaniy merosining bir bo‘lagi.
Ularga ajdodlarimiz tomonidan qurilgan bir necha
asrlik binolar, qadimgi shaharlar va qal’alarning
qoldiqlari kabilar kiradi.
Tarixiy obidalarni saqlash vazifasi umumdavlat
ahamiyatiga ega bo‘lib, u ma’naviy
tarbiyaning
asosiy qismini tashkil qiladi (75-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: