111
O‘ZBEKISTON TABIATINI MUHOFAZA QILISH
Odamlar tabiat boyliklaridan o‘z ehtiyojini qondirish
maqsadida foydalanadi. Inson aql-zakovatining rivoj-
lanishi, mehnat qurollari va texnikaning taraqqiyoti
natijasida tabiatga ta’siri ortib bormoqda.
Insonning tabiatga ta’siri
kuchaygani sari Ona
zaminimizning havosi va suvlari ifl oslanmoqda, tabi-
at boyliklari kamaymoqda. Shuning uchun tabiatni
asrash odamlar uchun juda katta hayotiy ahami-
yatga ega.
Tabiat – insonning yashash muhiti, oziq-
ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari,
yoqilg‘i va elektr quvvati, sanoat xomashyosi
manbayidir. Tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklarini tejab ishlatish zarur.
Inson tabiatga beparvo, e’tiborsiz bo‘lsa, tabiat-
dagi o‘zaro bog‘liqlik buziladi.
Bu esa u yoki bu
tirik jon
zotning halokatiga olib keladi. Masalan, agar
o‘rmondagi kesilgan daraxtlar o‘rniga ko‘chatlar
ekib o‘rmon tiklanib borilmasa, inson uchun zarur
bo‘lgan havodagi kislorod miqdori kamayib ketadi.
O‘rmonlarning qisqarishi hayvonlarning qirilib keti-
shiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi paytda
tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan oqilona foydalanish muammolari
dunyo miqyosiga ko‘tarilgan. Yuzdan ortiq mam-
lakatda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus
tashkilotlar
tuzilgan, ko‘plab qonunlar qabul qilingan.
112
72-rasm. Hisor tog‘ tizmasining yashil libosi.
O‘zbekistonda ham tabiatni muhofaza qilishga
hukumatimiz miqyosida alohida e’tibor berilmoqda.
Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tuzildi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi
tashkil etildi.
Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan oqilona foydalanish O‘zbekiston Res-
publikasining Konstitutsiyasi va «Tabiatni
muhofaza
qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan amalga oshi-
riladi. Har birimiz ana shu qonunlarga rioya qili-
shimiz, jonajon tabiatimizni asrashimiz,
u haqida
qayg‘urishimiz lozim.
Mamlakatimizdagi yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va
hayvonlar «O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobi»ga
kiritilib, muhofazaga olingan.