Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Toshkent viloyati
ning yer maydo ni – 15300 kv.km, 
aho lisi – 2 million 794 ming kishidan ortiq. Viloyat-
da Chirchiq, Angren, Bekobod, Olmaliq, Yangiyo‘l 
va boshqa shaharlar mavjud (54-rasm). 
53-rasm. Alisher Navoiy nomi-
dagi O‘zbekiston milliy bog‘i.
52-rasm. Toshkent hayvo-
not bog‘i.


87
Toshkent viloyatining sharqiy qismini Qorjantog‘, 
Ugom, Talas olatog‘i, Piskom, Chotqol, Qurama tog‘ 
tizmalari o‘rab turadi. Bu tog‘lar orasida ko‘pdan 
ko‘p qishloqlar joylashgan.
54-rasm. Toshkent viloyatining tabiiy xaritasi.
1 sm – 17 km


88
Toshkent viloyatida yozda harorat +38°C atrofi da, 
qishda 
−15°C gacha sovuq bo‘ladi.
Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron kabi daryolar 
viloyatni suv bilan ta’minlaydi. Chirchiq daryosiga 
qurilgan Chorvoq suv omborining ahamiyati kattadir.
Viloyatning katta qismini egallagan tog‘liklar boy 
tabiatga ega. Tog‘ yonbag‘irlarida lola, lolaqizg‘aldoq, 
rovoch, piskom piyozi, nor shirach, bodom, xandon 
pista, do‘lana, tog‘ 
olcha, zirk, archa, yong‘oq va 
boshqalar o‘sadi.
Daryo sohillaridagi to‘qaylarda chiya 
bo‘ri, quyon, 
yovvoyi o‘rdak, g‘oz va qirg‘ovullar yashaydi. Tekis-
lik va tog‘ etaklarida kaltakesak, ilon, yumronqoziq, 
toshbaqa, shuningdek, tulki, bo‘ri, bo‘rsiq, kaklik 
uchraydi.
Tabiatni muhofaza qilish uchun Chotqol davlat 
bio sfera qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Qo‘riqxona 
Chotqol tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan. 
Qo‘riqxona hududida qo‘ng‘ir ayiq, oq tirnoqli ayiq
Sibir tog‘ echkisi, bug‘u, to‘ng‘iz, qoplon, ko‘k sug‘ur, 
qizil bo‘ri, Turkiston silovsini, jayra, qora tasqara, 
qora kalxat, burgut kabi jonivorlar muhofazaga olin-
gan. 
Ugom va Chotqol tog‘ tizmalari oralig‘idagi katta 
hududni Ugom–Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i 
tashkil etadi. Bu joylarda bolalar va kattalar dam olishi 
uchun ko‘plab dam olish maskanlari barpo etilgan.
Toshkent viloyati hududida oltin, mis, qo‘ng‘ir 
ko‘mir, marmar, granit, ohaktosh kabi konlar bor.


89
54-rasmdan Toshkent viloyati hududini, viloyat hudu-
didagi tog‘ tizmalarini, asosiy daryo, suv ombori va 
katta shaharlarni ko‘rib chiqing. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling