93
1. Farg‘ona vodiysini qanday tog‘ tizmalari o‘rab
turadi?
2. Vodiy viloyatlari
ning egallagan maydoni,
aholi
soni, markaziy va asosiy shaharlarini aytib bering.
3. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qanday foydali qazil-
ma konlari mavjud?
4. Vodiyda qanday o‘simliklar o‘sadi?
5. Vodiyning hayvonot olami haqida nimalarni bila-
siz?
56-rasmdagi xaritadan foydalanib,
yozuvsiz xaritada
vodiy vilo
yatlari hududini turli rang
larda
bo‘yang. Asosiy shahar, daryo
va
kanallar
nomini yozing.
56-rasm. Farg‘ona vodiysining tabiiy xaritasi.
?
1 sm – 17 km
Turkiston tizm
.
94
SIRDARYO, JIZZAX VA SAMARQAND
VILOYATLARI TABIATI
Toshkent viloyatining g‘arbida
Sirdaryo viloyati
joylashgan. Viloyat maydo ni – 5 400 kv. km, aholisi –
790 ming kishidan ortiq. Sirdaryo viloyatining mar-
kazi – Guliston shahri.
Viloyatda Sirdaryo, Yangiyer,
Xovos va boshqa shaharlar ham mavjud.
Sirdaryo viloyati hududida tog‘lar yo‘q. Yeri
tekisliklardan iborat. Viloyat hududini suv bilan
ta’minlaydigan asosiy daryosi – Sirdaryo. Kanallar-
dan eng yirigi – Do‘stlik kanali.
Jizzax viloyati
ning maydoni – 21 100 kv. km, aho-
lisi – 1 million 276 ming kishidan ortiq. Viloyat marka-
zi – Jizzax shahri. Viloyatda Paxtakor, Dashtobod
va boshqa shaharlar ham bor.
Jizzax viloyati janubida Molguzar tog‘i
va Turkis-
ton tog‘ tizmasi, g‘arbida esa Nurota tog‘ tizmasi
joylashgan. Viloyatning asosiy suv manbalari Sirdar-
yo daryosidan suv oladigan kanallar hamda Sang-
zor daryosidir. Sangzor
daryosiga Jizzax suv ombori
qurilgan.
Aydarko‘lning katta qismi, shuningdek, Arnasoy va
Tuzkon ko‘llari Jizzax viloyati hududida joylashgan.
Ko‘llar bo‘yida laylak, fl amingo va boshqa qushlarni
uchratish mumkin (57-rasm).
Viloyat
hududida oltin, kumush, marmar, granit,
ohaktosh va boshqa foydali qazilma konlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: