Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Qo‘riqxona — tabiati boy bo‘lgan joylarni


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Qo‘riqxona — tabiati boy bo‘lgan joylarni 
muhofaza qilish uchun maxsus ajratilgan katta 
maydon.
Qo‘riqxonalarda hayvonlar va o‘simliklar nazoratga 
olinadi. Noyob hayvon va o‘simlik turlarining soni 
ko‘paytirilib, tabiatni asli holida saqlashga harakat 
qilinadi. 
Qo‘riqxonalarda yerosti boyliklari, daryola 
r va 
boshqa tabiat boyliklari ham muhofazaga olinadi. 
Qo‘riqxonalar ko‘plab mamlakatlarda tashkil etilgan. 
O‘zbekiston hududida 8 ta davlat qo‘riqxonasi va 
1 ta biosfera rezervati tashkil etilgan. Ularning nomi 
va qayerda joylashganligi O‘zbekiston Respublikasi-
ning tabiiy xaritasida ko‘rsatilgan (46–47-betlardagi 
26-rasm).
Biosfera rezervati – biologik rang-baranglikni 
saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish 
uchun muhofaza etiladigan tabiiy hudud.
Mamlakatimizda tashkil etilgan qo‘riqxonalarda 
«O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ga kiritilgan 
noyob o‘simliklar va hayvonlar muhofaza qilinadi (49-
rasm). Ular haqida keyingi mavzularda bilib olasiz.


80
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi-
dan mamlakatimiz hududidagi qo‘riqxonalar 
egallagan joylarni ko‘rib chiqing.
Tayanch so‘zlar: qo‘riqxona, rezervat. 
1. Insonning tabiatga ta’siri haqida so‘zlab bering. 
2. O‘lkamizda noyob bo‘lib qolgan o‘simlik va hay-
vonlarga misollar keltiring.
3. Qo‘riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi? 
4. O‘zbekiston hududida qanday qo‘riqxonalar bor?
5. Qo‘riqxona deb qanday joylarga aytiladi?
O‘lkamiz hududidagi qo‘riqxonalarning joylashgan 
o‘rnini yozuvsiz xaritada belgilab chiqing.
49-rasm. O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi ayrim hayvonlar: 
1 – to‘ng‘iz; 2 – tulki; 3 – Turkiston silovsini; 
4 – kaklik; 5 – xongul (Buxoro bug‘usi).
1
2
3
4
5

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling