Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


-rasm. O‘lkamiz  tog‘laridagi lolalar.  44-rasm


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

43-rasm. O‘lkamiz 
tog‘laridagi lolalar. 
44-rasm. Tog‘lardagi terak aralash 
yong‘oqzor.
tog‘ yonba 
g‘irlarida afsonak, rovoch, sariq mar-
marak, nor shirach, kobra shirach, tog‘beka, oq 
gulxayri, sigirquyruq, tog‘turbid, sariqbosh, dastar-
bosh, kallakchali to‘ng‘izbosh, kiyiko‘t, oq tobulg‘i 
kabi o‘simliklar o‘sadi. Bunday balandlikda do‘lana, 
na’matak, bodom, xandon pista kabi o‘simliklar uch-
raydi (41–42-rasmlar). 
Tog‘ yonbag‘irlarida turli xil tog‘ lolalarini ham 
uchratish mumkin (43-rasm).
1 500 – 2 500 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida 
archa, yong‘oq, qayin, terak kabi daraxtlar o‘sadi. 
Ba’zi joylarda ular o‘rmonlarni hosil qiladi (44-rasm).
2 500 m dan yuqori joylarda mushukquyruq, toron, 
qiziltikan, alp lolasi va boshqa o‘simliklar o‘sadi.
Tog‘ o‘simliklari orasida zaharlilari ham bor. Ma-
salan, chiroyli gullari bo‘lgan tog‘ turbid tanasi za-
harli shira ishlab chiqaradi. Uning gulini yulayotgan-
da shira odam qo‘liga o‘tadi. Zaharlangan qo‘l bilan 
badanning tekkan joyida yara paydo bo‘lib, tuzalishi 


72
45-rasm. O‘lkamiz tog‘larida uchraydigan ilon turlari: 
1 – chipor ilon; 2 – qora ilon; 3 – charx ilon.
1
2
3
uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, ixroj, ako-
nit, prangos, bangidevona kabi zaharli o‘simliklar 
ham uchraydi. 
Shuning uchun notanish o‘simliklarning mevalarini 
totib ko‘rish, begona gullarni hidlash 
mumkin emas. 
Zaharli o‘simliklardan ehtiyot bo‘lish kerak.
O‘lkamiz tog‘lari hayvonot dunyosiga ham boydir. 
Tog‘ yonbag‘irlaridagi toshlar orasida chipor ilon, 
qora ilon, charx ilon yashaydi (45-rasm). Bu ilonlar 
adirlarda ham uchraydi. Tog‘larda kapchabosh ilon 
va qalqontumshuq ilon ham hayot kechiradi. Ilonlar 
qurbaqa, kaltakesak, qushlar bilan oziqlanadi. 
Tog‘ va unga yaqin hududlarda kaklik, lochin, 
burgut, qirg‘iy kabi yirik qushlar uchraydi (46-rasm). 
Ular mayda qushlar, sichqon va kalamushlar, ilonlar, 
o‘lgan hayvonlarning go‘shti bilan oziqlanadi. 
Tog‘li hududlarda 47-rasmda tasvirlangan hayvon-
lar, shuningdek, kiyik, oq tirnoqli ayiq, qor barsi 
(ilvirs), qor qoploni, malla sug‘ur, to‘ng‘iz yashaydi. 
Ulardan qor barsi va malla sug‘ur xalqaro «Qizil 
kitob»ga kiritilgan. 


73
47-rasm. O‘lkamiz tog‘larida yashaydigan hayvonlar: 
1 – ko‘k sug‘ur; 2 – tog‘ suvsari; 3 – tog‘ echkisi; 
4 – arxar; 5 – morxo‘r; 6 – Buxoro qo‘yi. 
1
2
3
4
6
5
46-rasm. O‘lkamiz tog‘larida uchraydigan yirik qushlar: 
1 – lochinlar; 2 – burgut; 3 – qirg‘iy; 4 – kakliklar. 
1
2
3
4


74
?
O‘lkamizning tog‘li hududlari noyob o‘simlik va 
hayvonlarga boy. Shuning uchun bunday joylarda 
qo‘ riq xonalar tashkil etilib, ular nazoratga olin 
gan.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling