Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


-rasm. Adir yaylov uchun qulaydir. 38-rasm


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

37-rasm. Adir yaylov uchun qulaydir.
38-rasm.  O‘lkamiz adirlarida uchraydigan qushlar:
1 – qora chittak; 2 – gaichka chittagi; 3 – lazorevka 
chit tagi; 4 – katta chittak; 5 – zag‘izg‘on; 6 – qorayaloq; 
7 – shama qorayaloq; 8 – sayroqi qorayaloq; 9 – ko‘k 
targ‘oq; 10 – oq bo‘yinli bulbul; 11 – ko‘k bulbul.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11


67
39-rasm. Tipratikan.
40-rasm. Sariq ilon.
Adirlar turli xil qushlarga boydir (38-rasm). Bu joy-
larda chum 
chuq, musicha, qaldir 
g‘och, chug‘urchiq, 
qarg‘a, mayna, sassiqpopishak, zag‘izg‘on kabi 
qushlardan tashqari, chittak, qorayaloq va bulbul-
ning har xil turlari uchraydi.
Adirlarda tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jay-
ra, bo‘rsiq, tipratikanlarni ham uchratish mumkin. 
Tipratikanlar turli zararkunanda hasharotlar va ke-
miruvchilar bilan oziqlanib, odamlarga foyda keltiradi 
(39-rasm). Shuning uchun bunday beozor va foyda 
keltiruvchi tipratikanlarni ko‘paytirish va muhofaza 
qilish kerak.
O‘lkamiz adirlarida cho‘llardagi kabi turli kaltake-
sak lar ham hayot kechiradi. Adirda eng ko‘p uch-
raydigan ilonlardan biri – sariq ilondir (40-rasm). 
Sariq ilon aslida kaltakesak turlaridan biridir. Uni 
oyoqsiz kaltakesak desa bo‘ladi. Ilonlarning ko‘zlari 
doimo ochiq turadi. Sariq ilon esa odamni ko‘rganda 
ko‘zlarini yumib oladi. Shu jihati bilan ham uni 
boshqa ilonlardan farqlash mumkin. Sariq ilon turli 
zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, odamlarga 
katta foyda keltiradi.


68
?
Tayanch so‘zlar: adir, yaylov, o‘tloq.
1. Adir deb qanday yerlarga aytiladi? 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling