Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


O‘lkamizdagi daryolar qanday hosil bo‘ladi? 2


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

1. O‘lkamizdagi daryolar qanday hosil bo‘ladi?
2. O‘zbekiston hududidagi tog‘ yonbag‘irlarida qan-
day o‘simliklar o‘sadi? 
3. Tog‘larning 1 500 m dan baland bo‘lgan qismida 
qanday o‘simliklar uchraydi? 
4. Tog‘larda qanday ilonlar va qushlar uchraydi? 
5. Tog‘larda yashaydigan hayvonlardan yana qay-
silarini bilasiz?
Yozuvsiz xaritada o‘lkamiz hududidagi tog‘lar 
egallagan joylarni bo‘yang.
O‘RMONLAR
Yer yuzida katta maydonlarni egallagan daraxtzor-
lar borki, unda daraxtlar zich bo‘lib o‘sadi. 
Daraxtlar zich va tartibsiz o‘sadigan joylar 
o‘rmon deb ataladi.
O‘rmonlarda qarag‘ay, qayin, archa, kedr, eman, 
yong‘oq kabi daraxtlar o‘sadi. O‘rmonda buta va o‘t-
lar ham o‘sadi.
O‘zbekiston hududida tog‘, to‘qay va cho‘l o‘rmon-
lari mavjud (48-rasm). Tog‘ yonbag‘irlaridagi archa-
zorlar, yong‘oqzorlar, pistazorlar va boshqalar tog‘ 
o‘rmonlarini tashkil etadi. Tog‘ o‘rmonlarida qayin, 
terak kabi daraxtlar ham o‘sadi. Bunday o‘rmonlar 
o‘lkamizning tog‘li hududlarida katta maydonlarni 
egallagan.


75
48-rasm.  1 – tog‘dagi archazor; 2 – to‘qay o‘rmoni; 
3 – cho‘ldagi saksovulli o‘rmon. 
1
2
3
To‘qay o‘rmonlarida jiyda, turang‘il, shumtol kabi 
daraxtlar o‘sadi. To‘qay o‘rmonlari daryolarning sohil-
larini va daryo hosil qilgan orollarni egallagan.
Qizilqumning ayrim joylarida saksovullardan iborat 
bo‘lgan cho‘l o‘rmonlari ham uchraydi.
Yovvoyi hayvonlarning ko‘p qismi o‘rmon 
larda ha-
yot kechiradi. O‘rmonlarda yo‘lbars, ayiq, bo‘ri, tulki, 
maymun kabi yirik hayvonlar yashaydi.
Havoni kislorod bilan boyitishda o‘rmonlarning 
ahamiyati juda kattadir. O‘rmonlar yog‘och-taxta za-
xirasi hamdir. Binolarni qurishda, mebel va boshqa 
buyumlarni yasashda, asosan, o‘rmon daraxtlari ish-
latiladi. Qog‘ozlar ham o‘rmon daraxtlarining mahsuli 
hisoblanadi. 
O‘rmonlar egallagan maydonlar kamayib ketsa
ta biat ga jiddiy zarar yetadi. Buning oldini olish maq-
sadida o‘rmonlar egallagan maydonlarning keskin 
qisqarib keti 
shiga yo‘l qo‘ymaslik, kesilgan daraxtlar 
o‘rniga ko‘chatlar ekib, o‘rmonni tiklash zarur.
Keyingi paytlarda o‘rmondagi kesilgan daraxtlar 
o‘rniga uning ko‘chatlari ekilmoqda. Ba’zi joylarda 
ko‘chatlar ekilib, sun’iy o‘rmonlar tashkil etilmoqda.


76

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling