Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

?
Tayanch so‘zlar: o‘rmon, tog‘ o‘r 
mo ni, to‘qay 
o‘rmoni, cho‘l o‘rmoni.
1. O‘rmon deb qanday joyga aytiladi?
2. O‘rmonlarda, asosan, qanday daraxtlar o‘sadi?
3. O‘rmonlarda qanday yirik hayvonlar yashaydi?
4. O‘lkamizdagi o‘rmonlar haqida nimalarni bilasiz? 
5. O‘rmonlarni muhofaza qilish uchun qanday ishlar 
amalga oshiriladi?
Daftaringizga o‘rmonlarning ahamiyatini, qan-
day sohalarda ishlatilishini yozing.
O‘ZBEKISTONDAGI TABIIY BOYLIKLAR
Inson dunyoga kelibdiki, tabiat quchog‘ida yashaydi. O‘z 
ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan foydalanadi.
Tabiiy boyliklar – odamlarning yashashi hamda 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun 
zarur bo‘lgan, uni o‘rab turgan tabiiy muhitning tarki-
biy qismlaridir.
Tabiiy boyliklarga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiq-
ligi, suv, havo, yerosti boyliklari, o‘simliklar, tuproqlar, hay-
vonot dunyosi kiradi.
Tabiiy boyliklar uch turga bo‘linadi: tugaydigan, tugamay-
digan va tugab yana qayta tiklanadigan. Tugaydigan tabiiy 
boyliklarga, asosan, yerosti boyliklari kiradi.
Tugamaydigan tabiiy boyliklarga Quyosh nuri, Yerning 
ichki issiqligi, havo, suv va boshqalar tegishlidir. O‘lkamiz, 


77
ayniqsa Quyosh nurlariga boy. Chunki yil davomida bu-
lutli kunlar kam bo‘lib, Quyosh nur sochib turadi. Shuning
uchun ham mamlakatimiz «serquyosh o‘lka» deyiladi. Bu-
gungi kunda Quyosh nurlaridan ko‘p miqdorda elektr ener-
giyasi olinmoqda. 
Mamlakatimizda suv hamma joyda bir xil taqsimlanma-
gan. Zilol suvli, sersuv daryolar, asosan, tog‘li hududlar-
da joylashgan (46–47-betlardagi 26-rasm). Tekislik qismida 
esa suv manbalari juda siyrak, aholining ehtiyojini qondi-
rishga kamlik qiladi. Shuning uchun suvni nihoyatda tejab
undan oqilona foydalanishimiz zarur.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling