Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Tabiat zonalari – tabiiy sharoiti bir-biridan 
tubdan farq qiladigan quruqlikdagi katta may-
donlar. Ularning kengligi bir necha yuz kilo-
metrga, uzunligi esa bir necha ming kilometrga 
yetadi.
Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlimi, o‘simlik 
va hayvonot olami, tuproqlari shakllangan bo‘ladi. 
Ayniqsa, o‘simlik dunyosining farqi aniq ifodalanadi. 
Shuning uchun, ko‘pincha, tabiat zonalariga uning 
o‘simlik qoplamiga qarab nom berilgan. Masalan, 
cho‘l zonasi, dasht zonasi, o‘rmon zonasi va bosh-
qalar. 


57
?
Har bir tabiat zonasida yashaydigan odamlarning 
kiyinishi, mehnat qilishi va yashashi shu joyning tabiiy 
sharoitiga moslashgan. Masalan, cho‘llarda yashaydi-
gan odamlar, asosan, ko‘chmanchi hayot kechiradi. 
Ular qo‘y va echkilarini, tuyalarini boqib bir yaylovdan 
ikkinchi yaylovga ko‘chib yurishadi. Daryo bor joylarda 
esa yerlarni sug‘orib dehqonchilik qilishadi. 
Dasht zonasida esa yog‘inlar cho‘lga nisbatan ko‘p 
bo‘lganidan o‘t o‘simliklar qalin, tuproqlari hosildor. 
Shuning uchun bu yerda odamlar dehqonchilik qilib, 
asosan, bug‘doy, makkajo‘xori, kartoshka kabilarni 
ekadilar. 
O‘rmon zonasida turli xil daraxtlar qalin va ko‘p 
bo‘lganidan odamlar daraxtlarni kesib, undan qurilish 
materiallari tayyorlaydilar. Daraxt mevalarini terish va 
ovchilik bilan shug‘ullanadilar.
Tayanch so‘zlar: tabiat zonalari, quyosh nurining taq-
simlanishi, odamlarning yashash tarzi.
1. Quyosh nurlari nima uchun Yer yuzining ham-
ma joyiga bir tekisda tushmaydi?
2. Quyosh nurlari qaysi tomonga kamayib bora-
di?
3. Tabiat zonasi nima?
4. Nima uchun tabiat zonalari vujudga keladi?
5. Tabiat zonalariga nom berishda nimaga qara-
ladi?
Daftaringizga tabiat zonalarining ta’rifi ni yozing.


58

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling