Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Hayvonlar – o‘simliklar va boshqa jonzotlar


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Hayvonlar – o‘simliklar va boshqa jonzotlar 
bilan oziqlanadigan tirik organizmlar. 


55
Hayvonlar dastlab suvda, bundan 1 mlrd yil oldin 
paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Bundan 450 mln 
yil avval hayvonlar o‘simliklar bilan bir vaqtda quruq-
lik yuzasini egallay boshlaydi. Quruqlikda birin-ketin 
suvda ham, quruqlikda ham yashovchilar, hasharotlar, 
sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan. 
Bundan 230–200 mln yil avval dinozavrlar paydo 
bo‘lib, yer yuzida hukmronlik qiladi va 70 mln yil 
avval qirilib ketadi. Ularning o‘rnini qushlar va sut-
emizuvchilar egallab, hozirgi hayvonot dunyosi shakl-
lanadi.
Tabiatda hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvon-
lar oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Ular 
o‘simliklar bilan oziqlanib, o‘zlashtirgan moddalarini 
yana tuproqqa qaytaradi va o‘simliklarning o‘sishiga 
qulay sharoit yaratadi. O‘simlik va hayvonlarning 
qoldig‘i bilan oziqlanadigan hayvonlar Yer yuzini qol-
diqlardan tozalaydi. 
Hayvonlar odam hayotida ham katta ahamiyatga 
ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi. Uy hayvon-
lari go‘sht, sut, jun, teri va boshqa mahsulotlar olish 
maqsadida hamda transport vositasi sifatida boqiladi. 
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri tobora kuchayib 
borishi ayrim hayvonlar sonining keskin qisqarib ke-
tishiga olib keldi. 
Mamlakatimizda o‘simliklar va hayvonlarni muho-
faza qilish hamda ko‘paytirish uchun qo‘riqxonalar 
tashkil etilgan. 
1. Tabiatning jonli qismiga nimalar kiradi?
2. O‘simliklarning asosiy xususiyati nimada?
?


56
3. O‘simliklar inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
4. Hayvonlar deb qanday jonzotlarga aytiladi?
5. Nima uchun o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish 
kerak? 
O‘z yashash joyingizdagi o‘simlik va hayvonlarni 
daftaringizga tavsifl ab yozing. 
TABIAT ZONALARI
Yer shar shaklida bo‘lganligi uchun Quyoshdan 
keladigan yorug‘lik va issiqlik Yer yuzining hamma 
joyiga bir tekisda tushmaydi. Quyosh Yerning ekvatori 
atrofl ariga ko‘proq nur sochadi. Shimoliy va janubiy 
qutblarga tomon quyosh nuri va issiqligi kamayib bo-
radi. Havo harorati va yog‘inlar miqdori ham o‘zgarib 
boradi. Buning natijasida suvlar, o‘simliklar, hayvon-
lar, tuproqlar ham o‘zgaradi. Oqibatda tabiat zonalari 
vujudga keladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling