Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

1. Balandlik shkalasidan foydalanib, O‘zbekiston 
Respublikasining tabiiy xaritasidan mamlakatimiz 
hududi ning yer yuzasi tuzilishini ko‘rib chiqing.
2. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan 
o‘lkamiz hududidagi katta daryo, kanal, ko‘l va suv 
omborlarini ko‘rsating.
1. Pasttekisliklar mamlakatimiz hududining qayerini 
egallagan?
2. Qirlar va yassi tog‘lar o‘lkamiz hududining qayerini 
egallagan?
3. Tog‘lar mamlakatimiz hududining qaysi tomonida 
joylashgan?
4. Mamlakatimizdagi ekin maydonlari, asosan, qayer-
larda joylashgan?
5. Tabiiy xaritalarda daryo va ko‘llar qanaqa rangda 
tasvirlangan?
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan 
foydalanib, yozuvsiz xaritada o‘lkamiz yer yu-
zasini tegishli ranglarga bo‘yang.
?


49
SUV HAVZALARI
 
Daryolar
Globus yoki xaritalarda ko‘plab egri-bugri havorang
chiziqlarni ko‘rasiz. Ular daryolarni bildiradi. 
Daryo – tabiiy ravishda vujudga kelgan chu-
qurlikda oquvchi katta suv oqimidir.
O‘lkamizdagi daryolar tog‘lardagi muz va qorlar-
ning erishidan hamda yomg‘ir va yerosti suvlaridan 
hosil bo‘ladi. O‘zbekis 
ton hududidan oqib o‘tadi 
gan 
eng uzun daryo Sirdaryodir. U Chotqol va Farg‘ona 
tog‘ tizmalaridan boshlanadi. Uning uzunligi 3
019 km. 
Suvi dala va bog‘larni, aholini suv bilan ta’minlashga 
sarfl anib, qolgan suvi Orol dengiziga quyiladi.
O‘lkamiz hududidan oqib o‘tadigan eng sersuv dar-
yo Amudaryodir. Uning uzunligi 2
540 km. Amudaryo 
Pomir tog‘laridan boshlanadi. Amudaryo Sirdaryo kabi 
katta aha miyatga ega. U ham suvining qolgan qismini 
Orol dengiziga quyadi.
Mamlakatimiz aholisini va yerlarini suv bilan ta’min-
lashda Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling