42
XARITALAR
Yer yuzini va uning ayrim qismlarini xaritadan foy-
dalanib o‘rganish qulaydir.
Globusda Yer yuzi shar
sirtida tasvirlansa, xaritada joylar yassi shaklda tas-
virlanadi.
Xarita – Yer yuzi yoki ayrim qismlari ning kich-
ray tirilgan yassi tasviridir.
Globus sirtini ikkiga bo‘lib,
doira shaklidagi ikkita
yarimshar xaritasi tuziladi.
Yer shari sirtining ikkiga bo‘lingan doira shak-
lidagi tasviri yarimsharlar xaritasi deyiladi.
Ulardan biri –
g‘arbiy yarimshar xaritasi, ikkinchi-
si –
sharqiy yarimshar xaritasi deyiladi. Bu haqda
yuqori sinfl arda bilib olasiz.
Xaritalarda okean, dengiz, ko‘l
kabi suv havzalari
ko‘k rangda tasvirlanadi. Daryolar ko‘k rangdagi egri
chiziqlar bilan aks ettiriladi.
Quruqliklar, ya’ni materiklar va orollar balandligiga
qarab yashil, sariq, jigarrangda tasvirlanadi.
Xaritalarda Yer yuzi yoki uning qismi necha marta
kichraytirilgani maxsus shartli belgi orqali ko‘rsatiladi.
Bunday shartli belgi masshtab deb ataladi.
Masshtab
turli xilda beriladi. Masalan, 46–47-betlarda berilgan
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mas-
shtab «1 sm – 52 km» shaklida berilgan. Bu de-
makki, xaritaning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi 1 sm
uzunlik Yer yuzining o‘sha
ikki joyi orasidagi masofa
52 km ga teng.
43
Tabiiy xarita
Yer yuzidagi barcha dengizlar okeanlarga tutash-
gan. Shuning uchun Yer yuzidagi barcha dengiz va
okeanlarning sathi bir xil bo‘ladi. Yer yuzidagi quruq-
liklarning balandligi ana
shu dengiz sathiga nisbatan
hisoblanadi. Yer yuzidagi quruqliklar sirti notekisdir,
ba’zi joylar pastroq bo‘lsa, boshqa joylar balandroq
bo‘ladi. Ayrim joylar esa juda balanddir. Yer yuzining
baland-pastligi tabiiy xaritada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: