Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Tabiiy xaritada quruqlik balandligiga ko‘ra turli 
ranglar bilan tasvirlangan bo‘ladi. 
Tabiiy xaritada tasvirlangan joyning rangiga qarab, 
shu joyning dengiz sathidan qancha balandligini bilsa 
bo‘ladi. Xaritadagi balandlik shkalasida har bir rang 
dengiz sathidan necha metr balandlikni ifodalashi 
yozib qo‘yilgan bo‘ladi. 
26-rasmdagi xarita tabiiy xaritadir. Unda keltirilgan 
balandlik shkalasidan foydalanib, ixtiyoriy joydagi 
quruqlikning dengiz sathidan balandligini aniqlash 
mumkin. 
Yarimsharlar tabiiy xaritasida butun Yer yuzi tasvir -
langan. Yer yuzining bir qismi tasvirlangan tabiiy 
xaritalar ham mavjud. Bizning mamlakatimiz – 
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi shunday 
xaritadir. Bu xaritada o‘lkamiz hududining yer yuzasi 
balandligiga ko‘ra turli ranglarda tasvirlangan.


44
Ma’muriy xarita
Ma’muriy xaritada ma’lum bir mamlakatning 
ma’mu riy bo‘linishi tasvirlangan bo‘ladi.
Har bir mamlakatning o‘z ma’muriy xaritasi mav-
jud. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy 
xaritasida Qora 
qal pog‘iston Respublikasi va har bir 
viloyatning chegara 
lari ko‘rsatiladi hamda egallagan 
hududi alohida rang bilan bo‘yalgan bo‘ladi. 
1. O‘zbekiston tabiiy xaritasidan dengiz sathidan 
200 m gacha bo‘lgan joylarni ko‘rib chiqing. Ba-
landlik shkalasidan ko‘rish mumkinki, bunday joylar 
to‘q yashilda tasvirlangan. 
2. Ushbu xaritadan eng baland joylarni, ya’ni baland 
tog‘lar egallagan joylarni ko‘rib chiqing. Bunday 
joylar to‘q jigarrangda tasvirlangan. 
Tayanch so‘zlar: xarita, yarimsharlar xaritasi, mas-
shtab, sath, balandlik shkalasi, tabiiy xarita, ma’muriy 
xarita.
1.
Xarita deb nimaga aytiladi? Uning globusdan farqini 
aytib bering.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling