Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


 Yarimsharlar xaritasi deb qanday xaritaga aytiladi? 3


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

2. Yarimsharlar xaritasi deb qanday xaritaga aytiladi?
3. Masshtab nima?
4. Tabiiy xaritada Yer yuzi qanday tasvirlanadi?
5. Ma’muriy xarita deb qanday xarita 
larga aytiladi?
26-rasmda berilgan xaritadan masshtab yordamida 
ixtiyoriy 2 nuqta orasidagi masofani aniqlang.
?


45
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
TABIIY XARITASI
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida turli 
shartli belgilar keltirilgan (46–47-betlardagi 26-rasm). 
Xaritadagi balandlik shkalasi yordamida o‘lkamiz hu-
dudining yer yuzasi tuzilishini aniqlash mumkin.
Tabiiy xaritada mamlaka 
timiz hududining g‘arbiy 
qismi, asosan, yashil rangda tasvirlangan. Bu joylar-
ning balandligi dengiz sathidan 200 m gachadir. 
Mamlakatimiz hududining g‘arb qismini egal-
lagan pasttekisliklar Turon pasttekisligi deb 
ataladi.
Turon pasttekisligining sharq tomoni sariq rangda 
tasvirlangan. Bu joylar balandligi 200 m dan 500 m 
gacha bo‘lgan qirlardir. Bunday qirlar Turon pasttekis-
ligining o‘rtalarida ham bor. Pasttekislik va qirlarning 
katta qismi qumli cho‘l 
lardan iborat. Pasttekislikning 
g‘arbiy qismida sho‘rxoklar ham bor.
Xaritada tasvirlangan sariq joylarni sharq tomon-
dan pushti rangda ifodalangan joylar o‘rab turadi. 
Balandlik shkalasidan bilish mumkinki, pushti rangda 
tasvirlangan bu joylar dengiz sathidan 500 m dan 
1
000 m gacha balandlikda bo‘lgan yassi tog‘larni 
tashkil etadi. 
Qir va yassi tog‘lar ham pasttekislik kabi tekislik-
ka kiradi. Qir va yassi tog‘larda ham katta joylarni 
egallagan tekis yerlar mavjud. 
Mamlakatimizdagi shahar va qishloqlar, ekin may-


46
26-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi.


47
1 sm – 52 km


48
donlari, asosan, qir va yassi tog‘larda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mam-
lakatimiz hududining sharqiy qismi, asosan, jigarrang-
da tasvirlangan. Bu rangda tasvirlangan joylar turli 
balandlikdagi tog‘larni tashkil etadi. 
O‘lkamiz tabiiy xaritasida katta daryo, kanal, ko‘l va 
suv omborlari ko‘k rangda tasvirlangan. Xaritadagi shart-
li belgilar yordamida o‘lkamiz hududidagi qo‘riqxonalar 
nomlarini, ularning joylashgan o‘rnini ham bilib olish 
mumkin. Xaritadan o‘lkamiz hududidagi asosiy foydali 
qazilma konlari qayerda joylashganligini ham aniq-
lash mumkin. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling