Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Aydar ko‘l, Arnasoy, Tuzkon, Jildirbos, Mashanko‘l


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Aydar ko‘l, Arnasoy, Tuzkon, Jildirbos, Mashanko‘l, 
Dovutko‘l, Dengizko‘l, Ulug‘sho‘rko‘l kabi ko‘llar 
mavjud. 
O‘lkamizdagi daryo va ko‘llarda turli xil baliqlar 
mavjud (28-rasm). 
Suv ombori
O‘lkamizdagi tog‘ qorlari bahorda tez erigani 
uchun daryolar to‘lib oqadi. Yozda esa daryo suvlari 
kamayadi. Bahorda ortiqcha daryo suvlarini to‘plash 
va ularni yozda daryoga zarur miqdorda oqizib turish 
uchun suv omborlari qurilgan.
 Suv ombori – to‘g‘onlar yordamida suvni 
yig‘ish va saqlash uchun qurilgan suv havzasi.
Odatda, suv ombori daryoga to‘g‘on qurish, ya’ni 
daryo suvini to‘sish va to‘plash orqali bunyod eti-
ladi. Masalan, Amudaryo suvini to‘sish va to‘plash 
uchun Tuyamo‘yin suv ombori qurilgan. Shu tarzda
Qashqadaryoda Chimqo‘rg‘on, Pachkamar suv om-
borlari, Surxon 
daryoda Janubiy Surxon, To‘palang 


52
28-rasm. O‘lkamiz daryo va ko‘llarida yashovchi baliqlar: 
1 – zog‘ora baliq (sazan); 2 – qizilko‘z paretka; 3 – uvoda 
baliq; 4 – laqqa (som); 5 – karp; 6 – okun; 7 – cho‘rtan 
baliq; 8 – o‘txo‘r cho‘rtan baliq; 9 – forel; 10 – daryo 
foreli; 11 – marinka; 12 – ilonbaliq; 13 – krapiya;
14 – muguz uvoda baliq; 15 – shirbaliq (sudak).
1
2
3
4
5
7
8
9
10
11
12
13
6
14
15


53
daryosida To‘palang, Qoradaryoda Andijon, Chirchiq 
daryosida Chorvoq suv omborlari qurilgan. 
Suvni muhofaza qilish
Daryo boshlanishida uning suvi toza bo‘ladi. Afsus-
ki, yo‘lma-yo‘l daryo suvlari ifl oslanib boradi. Chunki 
ayrim odamlar daryoga turli chiqindilarni tashlaydilar
ba’zi korxonalardan ifl oslangan suvlar daryo suviga 
qo‘shilib ketadi.
Turli chiqindilar bilan ifloslangan suv odamlar 
organizmigagina emas, balki o‘simliklar uchun ham 
zararlidir. Shuning uchun suvlarni ifloslantirmaslik 
kerak.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan 
o‘lkamizdagi yirik suv havzalarini ko‘rib chiqing.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling