Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Tayanch so‘zlar: suv havzasi, daryo, kanal, ko‘l, suv 
ombori, to‘g‘on.
1. Daryo deb qanday suv oqimiga aytiladi? O‘lkamizdagi 
qaysi daryolarni bilasiz?
2. Kanal nima? O‘lkamizda qanday yirik kanallar bor? 
3. Ko‘l deb nimaga aytiladi? O‘lkamiz hududida qan-
day yirik ko‘llar mavjud? 
4. Suv ombori qanday maqsadda bunyod etiladi? 
O‘lkamiz hududidagi qanday yirik suv omborlarini 
bilasiz? 
5. Suvlarning ifl oslanishiga sabab nima? Ularning if-
loslanmasligi uchun nima qilish kerak?
Yozuvsiz xaritada o‘lkamiz hududidagi yirik ko‘l 
va suv omborlarini aks ettiring.
?


54
O‘SIMLIK VA HAYVONOT OLAMI
Atrofi mizni o‘rab turgan tabiat jonli va jonsiz tarki-
biy qismlardan iborat. Tabiatning jonli tarkibiy qismiga 
o‘simliklar va hayvonlar kiradi. Ular tabiiy sharoitga 
bog‘liq holda juda xilma-xildir. 
O‘simliklar – Quyosh nuri, havo, tuproq va 
suvdan o‘z hayoti uchun zarur moddalarni olib
tanasida to‘plash qobiliyatiga ega tirik orga-
nizmlar dunyosi. 
O‘simliklarning kelib chiqishi Yerda hayot paydo 
bo‘lishi va ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bun-
dan 3 mlrd yil oldin dastlabki ko‘k-yashil suvo‘tlar 
paydo bo‘lgan. O‘simliklarning oziqlanish jarayonida 
atrof-muhitdan qattiq, gazsimon va suyuq moddalarni 
shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi 
murakkablashib borgan. Shu tariqa o‘simliklar rivojla-
nib, hozirgidek turli-tuman ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Odamlarning va hayvonlarning hayotini o‘simliklarsiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simliklar havodan zaharli 
gazlarni yutib hamma uchun zarur bo‘lgan kislorod 
chiqaradi. Shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar havo tar-
kibining doimiyligini saqlab turadi. 
O‘simliklar inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, 
yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqalarni beradi. 
Ammo o‘simliklarni ko‘p miqdorda yig‘ib olish va 
oqilona foydalanmaslik ko‘plab o‘simlik turlarining 
yo‘qolib ketishiga olib keldi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling