Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Materiklar va okeanlar
Yer yuzidagi quruqliklar, asosan, 6 ta yirik quruqlikka 
bo‘lingan. Har bir yirik quruqlik materik deb ataladi. 
Yer yuzidagi materiklar quyidagicha nomlanadi: 
Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy 
Amerika, Avstraliya va Antarktida. 
Bu materiklarni 4 ta okean o‘rab turadi: Tinch 
okean, Atlan tika okeani, Hind okeani va Shimo-
liy Muz okeani.
Okean suvining tagi ham quruqlikdagi kabi tog‘ va
tekisliklardan iborat. Tekisliklar juda katta maydonni 
egallagan. Suv tagidagi tog‘ tizmalari baland va juda 
uzoq masofaga cho‘zilgan. 
Okeanlarning chuqur 
li gi ko‘p joylarida 2
000 –
3
000 m atrofida bo‘ladi. Ayrim joylari chuqur 
ligi
5
000 m dan oshadi. Eng chuqur joy Tinch okean-
dagi Mariana botig‘i  bo‘lib, uning chuqurligi
11
022 m ga teng.
Tayanch so‘zlar: tog‘, tog‘ tizmasi, tekislik, pasttekislik,
qir, yassi tog‘, materik, okean.
1. Yer yuzidagi quruqliklar qanday asosiy shakllarga 
ega? 
2. Tog‘ tizmalari deb nimaga aytiladi? Tog‘lar tabiiy 
xaritada qanday tasvirlanadi? 
3. Tekisliklar balandligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘li-
nadi?
4. Yer yuzida qanday materiklar va okeanlar bor?
5. Okean suvi tagidagi tog‘lar va tekisliklar haqida 
nimalarni bilasiz?
?


38
Yozuvsiz xaritada materiklarni yashil rangga, okean-
larni esa havo 
rangga bo‘yang. So‘ngra har bir 
materik va okean nomini yozing.
YEROSTI BOYLIKLARI
Zaminimiz yerostida turli tog‘ jinslari va minerallar 
mavjud. Tog‘ jinslariga qum, tosh, shag‘al, ohak-
tosh, gra 
nit, minerallarga oltin, mis, olmos, temir, 
kvars, oltingugurt, ko‘mir, neft, tabiiy gaz kabi foy-
dali qazilmalar kiradi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling