31
YER YUZI TABIATINING XILMA-XILLIGI
UFQ VA UNING TOMONLARI
Ufq va uning asosiy tomonlari
Ochiq
va tekis joyga chiqib, tevarak-atrofga qara-
sak, Yer yuzining aylana
chiziq bilan chegaralangan
qismini ko‘ramiz.
Ochiq va tekis joyda Yer yuzining aylana chi-
ziq bilan chegaralangan chizig‘i ufq deb ataladi.
Yer shar shaklida bo‘lgani
uchun ham ufqning uzoq-
ligi chegaralangan. Ochiq va tekis joyda bizga 4 km
uzoqlikkacha bo‘lgan joylar ko‘rinadi. U holda ufq 4 km
uzoqlikda deyish mumkin.
Ufqning 4 ta asosiy tomoni
bor.
Erta tongda Quyosh chiqa-
digan tomon –
sharq, Quyosh
botadigan tomon –
g‘arb. Ufq-
ning
boshqa tomonlarini aniq-
lash uchun qo‘llaringizni shun day
yo zing ki, o‘ng qo‘lingiz
sharq
to mon ni, chap qo‘lingiz g‘arb
tomonni ko‘rsatsin (19-rasm).
19-rasm. Ufq
tomonlarini aniqlash.
Shimol
Sharq
Janub
G‘arb
32
Bunday holatda siz qarab turgan tomon –
shimol,
orqangizdagi tomon –
janub bo‘ladi.
Ufq tomonlarini quyidagicha belgilash qabul qilin-
gan: sharq
–
Shq, g‘arb
–
G‘, shimol –
Sh, janub –
J.
Do'stlaringiz bilan baham: