Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Sharq, g‘arb, shimol va janub ufqning asosiy


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Sharq, g‘arb, shimol va janub ufqning asosiy 
tomon lari deb ataladi.
Ufq tomonlarini aniqlash
Qadimda uzoq safarga chiqqan sayohatchilar tun-
lari 
«
Qutb yulduzi» deb ataladigan yulduzga qarab, 
ufq tomonlarini aniqlay olganlar. 
Tunda osmondagi yulduzlar 1–2 soat kuzatilsa, ular 
sharqdan g‘arbga tomon siljib borayotganligini ko‘rish 
mumkin. Aslida yulduzlar Yerga nisbatan bir joyda 
turadi. Yer g‘arbdan sharqqa tomon o‘z o‘qi atrofi da 
aylangani uchun shunday tuyuladi. Lekin osmonning 
shimol tomonida faqat bitta yorug‘ yulduz siljimasdan 
doim bir joyda turadi. Bu Qutb yulduzidir
Qutb yulduzi Yer sharining aylanish o‘qi tepasi-
da bo‘lgani uchun Yer aylanganda go‘yo bir joyda 
qo‘zg‘almasdan turadi. Yer yuzining qayerida turib 
qaralmasin, Qutb yulduzi bir joyda qimirlamasdan 
odamlarga shimol tomonni ko‘rsatib turaveradi.
Qutb yulduzini qanday topish mumkin?
Qutb yulduzi eng yorug‘ yulduzlardan biri bo‘lib, 
uning yon tomonida yana 6 ta yorug‘ yulduzni pay-
qash mumkin (20-rasm). Shu yulduzlar va Qutb yul-
duzi o‘zaro chiziqlar orqali xayolan birlashtirilsa, 7 ta 


33
21-rasm. Daraxt 
to‘nkasi.
22-rasm. 
Kompas.
Sh
J
Sh
G‘
J
yulduzdan iborat bo‘lgan cho‘mich 
shakli hosil bo‘ladi. Osmonning shu 
tomonida yanada kattaroq cho‘mich 
shaklini hosil qiladigan yana 7 ta 
yulduzni ko‘rish mumkin. Rasmda 
belgilangan 1-raqamli yulduz bilan 
2-raqamli yulduzni birlashtiruvchi 
to‘g‘ri chiziq xayolan davom ettirilsa, 
bu chiziq aynan Qutb yulduzidan 
o‘tadi. Shu tariqa Qutb yulduzini 
topish mumkin.
Ufq tomonlarini mahalliy belgilarga 
qarab ham aniqlasa bo‘ladi. Masalan,
daraxtlarning janub tomon 
ga qara-
gan shoxlari qalin, shimolga qara 
-
gan tomonlarida esa shoxlar siyrak 
bo‘ladi. 
Daraxt to‘nkasining kesilgan jo-
yidagi halqalar orasi uzoq bo‘lgan 
qismi janub tomonga, halqalari zich 
joylashgan qismi esa shimol tomon-
ga to‘g‘ri keladi (21-rasm).
Ufq tomonlarini aniqlash uchun 
maxsus asbob – kompas ixtiro qi-
lingan (22-rasm).

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling