Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Xalq xo‘jaligida turmushda foydalaniladigan


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Xalq xo‘jaligida turmushda foydalaniladigan 
tog‘ jinslari va minerallar foydali qazilmalar 
deb ataladi.
Foydali qazilmalar uch turga bo‘linadi: yonuv-
chi, rudali va noruda foydali qazilmalar. Yonuvchi 
foydali qazilmalar: ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf 
kabilar.
Tarkibida metallar mavjud bo‘lgan minerallar rudali 
foydali qazilmalarni tashkil etadi. Rudadan temir
mis, aluminiy, rux, qo‘r 
g‘oshin kabi metallar olinadi. 
Oltin va kumush ham asosan rudadan olinadi. 
Noruda foydali qazilmalarga osh tuzi, oltingugurt 
kabilar kiradi. Ohaktosh, granit, mar 
mar va boshqa 
qurilish materiallari ham noruda foydali qazilmalarga 
tegishli.
Foydali qazilma ekska 
vator va boshqa texnika 
vositalari yordamida ko‘p miqdorda qazib olinadi 


39
(25-rasm). So‘ngra kerakli qazilma boylik qum, gil 
va boshqa begona moddalardan oz miqdorda ajratib 
olinadi. Oltin va kumush singari foydali qazilmalar 
ham shu tariqa olinadi.
Mis, aluminiy, temir, qo‘rg‘oshin, rux kabi foydali 
qa zil malar esa boshqa turli begona moddalar 
aralashgan qattiq tosh – qotishma holida uchraydi. 
Qotishma holidagi rudalar eritilib, kerakli metallar 
ajratib olinadi.
Osh tuzi ham sof holda qazib olinmaydi. Uning 
tarkibida zararli boshqa tuzlar, qum va gil ham 
bo‘ladi. Yuvish orqali begona moddalardan tozalanadi. 
So‘ngra yod qo‘shib, iste’ 
molga chiqariladi.
O‘zbekiston hududi turli foydali qazilmalarga boy. 
Neft va tabiiy gaz konlari Farg‘ona vodiysida, Qash-
25-rasm. Foydali qazilmani ochiq usulda qazib olish.


40
qadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida va Ust-
yurt platosida bor. 
Toshkent viloyatining Angren shahri atrofi da yo-
nuvchi foydali qazilmalardan yana biri – qo‘ng‘ir 
ko‘mir qazib olinadi. Surxondaryo viloyatining 
Sharg‘un va Boysun shaharlari atrofi da toshko‘mir 
konlari mavjud.
O‘lkamiz hududi oltin, kumush, mis, volfram kabi 
qim mat baho foydali qazilmalarga, marmar, granit, 
gips, ohaktosh kabi qurilish materiallariga, shuning-
dek, osh tuzi konlariga boy. Ular o‘lkamiz hududi-
ning qayerida joylashganligi 46–47-betlarda keltiril-
gan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida 
ko‘rsatilgan. 
O‘lkamiz hududidagi foydali qazilmalar mamlaka-
timiz boyligidir. Ular hozirda faqat o‘zimiz foydalani-
shimiz uchungina emas, balki kelajak avlod uchun 
ham zarur. 
Foydali qazilmalardan ko‘p foydalanish natijasida 
ularning zaxirasi yildan yilga kamayib bormoqda. 
Shuning uchun yerosti boyliklarining qazib olinishi 
kamaytirili shi, qazib olingan xomashyo esa tejab 
ishlatilishi lozim.
Tabiiy gazni tejash uchun birinchi navbatda o‘z 
xonadonimizda undan isrof qilmasdan foydalanishi-
miz lozim. 
Ko‘chadagi mashinalarning yurishi uchun ko‘p 
miqdorda benzin ishlatiladi. Benzin neftdan olinadi. 
Neft zaxirasi ham cheklangan. Neftni tejash uchun 


41
?
benzin o‘rniga elektr batareyalar yordamida yuradi-
gan mashi nalardan foydalanishga o‘tish lozim bo‘ladi. 
Ilgari ko‘p buyumlar temir, mis, aluminiy va bosh-
qa metallardan yasalar edi. Metallarni tejash maq 
sa-
dida ularning o‘rnini bosuvchi plastmassalardan ham 
foydalanilmoqda.
Ishdan chiqqan turli mashinalar metall qismlari 
yig‘ib olinadi. To‘plangan yaroqsiz metallar tegish-
li korxonada eritilib, yangi mashinalar va buyumlar 
ishlab chiqariladi. Shu tariqa metallar tejaladi. Ana 
shu maqsadda aholi o‘rtasida metall yig‘ish tadbirlari 
o‘tkaziladi. 
Respublikamizda qanaqa foydali qazilmalar borligini 
daftaringizga yozing. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling