Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


-rasm.  Zomin davlat milliy tabiat bog‘i. «Qizil kitob»


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

73-rasm.  Zomin davlat milliy tabiat bog‘i.
«Qizil kitob» o‘simlik va hayvonot olamining 
kamyob, yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan turlari 
haqida ma’lumot beradigan, insonlarni tabiat 
muhofazasi masalasiga jalb etadigan kitobdir.
«O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobi»ga o‘lkamiz 
hududidagi o‘simliklarning 324 turi, hayvonot ola-
mining 184 turi kiritilgan. Ularni muhofaza qilish 
uchun qo‘riqxonalardan tashqari 2 ta milliy bog‘lar 
(72–73-rasmlar), 12 ta buyurtma parvarishxonalar va 
1 ta ekomarkaz tashkil etilgan (bular haqida yuqori 
sinfl arda bilib olasiz). Bu maskanlarga kelgan ki-
shi o‘lkamiz tabiati bilan yaqindan tanishadi, uning 
go‘zalligidan va toza havosidan zavqlanadi. Tabiatni 
asrash va avaylash nechog‘lik zarurligini tushunib 
yetadi. Tabiatga, Vatanimizga bo‘lgan mehri ortadi. 


114
Aziz o‘quvchilar! Siz ham Vatanimiz tabiatini 
asrashga harakat qiling. Daraxt va butalar shoxla-
rini sindirmang, gullab turgan o‘simliklarni bekorga 
yulib olmang. O‘rmon, bog‘ va dalalarda yashovchi 
hayvonlarni bezovta qilmang. Ular 
ning uyasini buz-
mang, qush bolalarini inidan olib, o‘zingizcha boq-
mang, qushlarga xalal bermang.
Tabiat qo‘ynida dam olib bo‘lganingizdan so‘ng 
atrofni ko‘zdan kechiring. O‘zingizdan keyin bu joy-
larda chiqindilarni qoldirmang.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatna-
shing. Makta 
bingiz va uyingiz atrofi ga daraxt 
ko‘chatlarini eking va parvarish qiling. 
1. Inson tabiatdan faqatgina foydalanib, unga bepar-
vo bo‘lishi qanday oqibatlarga olib kelishi mum-
kin? 
2. Hukumatimiz tomonidan tabiatni muhofaza qilish 
borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida 
nimalarni bilasiz? 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling