Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

ron» ekologik markazi tashkil qilingan (65-rasm).
66-rasmdagi xaritadan Buxoro va Navoiy viloyatla-
ri bilan chegara 
dosh davlat va viloyatlarni, asosiy 
shahar, daryo, kanal, suv omborlari, foydali qazilma 
konlarini ko‘rsating.
1. Buxoro va Navoiy viloyatlari bilan chegaradosh 
davlat va viloyatlarni aytib bering.
2. Bu viloyatlar 
har birining egallagan maydoni, aholi 
soni, asosiy shaharlarini aytib bering.
3. Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida qanday foy-
dali qazilma konlari mavjud?
4. Bu viloyatlarda qanday o‘simliklar o‘sadi?
5. Buxoro va Navoiy viloyatlari hayvonot dunyosi ha-
qida nimalarni bilib oldingiz?
64-rasm. Navoiy shahri.
65-rasm. Jayron.
?


106
Yozuvsiz xaritada Buxoro va Navoiy viloyatlari 
hududini bo‘yang.
66-rasm. Buxoro va Navoiy viloyatlarining tabiiy xaritasi.
1
sm

33
km

o


107
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA 
XORAZM VILOYATI TABIATI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
hududining may-
doni – 166 600 kv. km, aholisi – 1 million 791 ming 
kishidan ortiq, poytaxti – Nukus shahri. Respublika-
da Xo‘jayli, Beruniy, To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, 
Chimboy va boshqa shaharlar ham bor.
Bu o‘lkada suv manbayi, asosan, Amudaryo va 
undan chiqadigan kanallar hisoblanadi. O‘lka hudu-
dida Orol dengizidan tashqari Sariqamish, Jiltirbos, 
Dovutko‘l, Mashanko‘l kabi ko‘llar mavjud.
Qoraqalpog‘iston cho‘llari va adir 
larida qatron-
bosh, qandim (67-rasm), yulg‘un, shuvoq, sho‘ra, 
iloq kabi o‘simliklar o‘sadi. Amu-
daryo to‘qayzorlari qamish, yan-
toq, turang‘il, yov 
voyi jiyda, qiyoq 
kabi o‘sim 
liklar bilan qoplangan. 
Cho‘l va adirlarda yumronqoziq
qum sichqoni, qo‘shoyoq, kaltake-
sak, ilon, tulki, bo‘ri, jayron, kiyik, 
sayg‘oq, to‘rg‘ay, quzg‘un kabilar 
uchraydi. Amudaryo to‘qayzorlarida 
g‘oz, o‘rdak, oqqush, qir 
g‘o vul, 
qo‘ton, ondatra, tulki, chiyabo‘ri, 
to‘qay mu 
shugi, to‘ng‘iz, bo‘rsiq 
kabi jonivorlar yashaydi. 
Amudaryo to‘qayzori tabiatini 
asrash va muhofaza qilish maqsa-
67-rasm. 
Qatronbosh (1) 
va qandim (2). 
1
2


108
dida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 
tashkil etilgan. Uning katta qismini to‘qay o‘simliklari 
egallagan. Rezervatda har xil hasharot turlari, Tur-
kiston ola-bula qanotli kapalagi, qora qanotli ni-
nachi, ko‘plab qushlar, jumladan, ilonxo‘r sapsan, 
uzun dumli burgut, qora kalxat, fazan (tustovuq), 
xongul, to‘ng‘iz muhofazaga olingan.
Qizilqum va Sulton Uvays tog‘ tizmasi oralig‘ida 
qadimiy shahar qoldig‘i – Ayoz qal’a joylashgan
(68-rasm). 
Qoraqalpog‘iston hududida tabiiy gaz, osh tuzi
sulfat tuzi, marmar, granit, ohaktosh kabi foydali qa-
zilma konlari mavjud.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling