Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

qo‘riqxonasi Nurota tog‘ tizmasining shimoliy yon-
58-rasm. Samarqand. Registon maydoni.


97
bag‘rida joylashgan. Qo‘riqxona yong‘oqning qimmat-
baho va nodir turlarini, «O‘zbekiston Respublikasi 
Qizil kitobi»ga kiritilgan Seversov qo‘yi – arxarning 
ajoyib va noyob galalarini muhofaza qilish maq-
sadida tashkil etilgan. Qo‘riqxonada bodom, archa 
kabi daraxtlar, hayvonlardan Qizilqum qo‘yi, jayra, bur-
gut, qirg‘iy, echkemar, qora grif, ilonxo‘r va boshqalar 
ham muhofazaga olingan.
Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida 
Zomin davlat qo‘riqxonasi joylashgan. Qo‘riqxona 
archazor o‘rmonlarni, ularga xos bo‘lgan hayvonot 
dunyosini o‘rganish va muhofaza qilish maqsadida 
tashkil etilgan. Qo‘riqxonada hayvonlardan qo‘ng‘ir 
ayiq, silovsin, ilvirs, tog‘ echkisi, qora laylak, burgut, 
turli hasharotlar, jumladan, noyob kapalaklar muho-
faza qilinadi.
Zarafshon daryosi bo‘yida to‘qaylarni mu 
ho faza 
qilish va qayta tiklash maqsadida Zarafshon davlat 
qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Qo‘riqxonada yumron-
qoziq, jayra, qunduz, tustovuq kabi jonivorlar muho-
faza qilinadi.
Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yon 
bag‘rida -
gi Zomin davlat milliy tabiat bog‘iga tashrif buyur-
ganlar tabiatdan zavqlanib hordiq chiqaradilar.
1. 59-rasmdagi xaritadan Sirdaryo, Jizzax va Sa-
marqand viloyatlarining hududini hamda ularning 
chegaralarini ko‘rsa 
ting.
2. Bu viloyatlardagi asosiy shahar, daryo, kanal va 
suv omborlarini xaritadan ko‘rsating.


98
1. Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari bilan che-
garadosh davlat va viloyatlarni xaritadan aniqlang. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling