Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


 Tabiatni muhofaza qilish uchun nimalar qilish ke- rak?  4


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

3. Tabiatni muhofaza qilish uchun nimalar qilish ke-
rak? 
4. Tabiat qo‘ynida dam olish chog‘ida o‘zingizni qan-
day tutishingiz lozim? 
5. Siz ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qanday hissa 
qo‘shmoqdasiz?
Daftaringizga o‘z o‘lkangiz tabiatiga xos bo‘lgan 
noyob o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish 
haqidagi ma’lumotlarni yozing.
?


115
74-rasm. Xo‘jakentdagi qoyatoshga 
chizilgan kiyik rasmi.
75-rasm. Imom al-
Buxoriy maqbarasi.
O‘ZBEKISTONDAGI TABIAT YODGORLIKLARI VA 
TARIXIY OBIDALAR
Tabiatda insonlar ko‘rib zavqlanadigan g‘aroyib, 
noyob narsalar, qiziqarli shakllar ko‘plab uchraydi. 
Odamlar uchun shifobaxsh yoki boshpana bo‘ladigan 
joylar ko‘plab uchraydi. Tabiat yaratgan bunday 
g‘aroyib, noyob maskanlar qadimdan odamlarni 
o‘ziga jalb qilib kelgan.
Tabiat yodgorliklari – jonli va jonsiz tabi-
at yaratgan noyob, diqqatga sazovor joylar: 
g‘orlar, sharsharalar, g‘aroyib shaklli qoyatosh-
lar, daralar, buloqlar, yer po‘stining ochilib qol-
gan joylari, katta yoshli ulkan daraxtlar, toshga 
aylangan o‘simlik va hayvonlar.


116
O‘zbekistonda bunday tabiat yodgorliklaridan juda 
ko‘p: qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshik-
tosh g‘ori, ibtidoiy odamlar yashagan Obirahmat 
g‘ori, Sayrob, Boysun, Xo‘jakentdagi qadimgi chi-
norlar, Qo‘ytosh, Qirqqiz, Odamtosh, Xo‘jakentdagi 
qoyatoshlarga chizilgan rasmlar (74-rasm) shular 
jumlasidandir. Mamlakatimizda 400 dan ziyod tabiat 
yodgorliklari ro‘yxatga olingan. Tabiat yodgorliklari-
dan ilmiy, sayohat, istirohat, davolanish, tarbiyaviy 
maqsadlarda foydalaniladi. Shu sababli tabiat yod-
gorliklari davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
Tarixiy obidalar moddiy madaniyat yodgorliklari 
bo‘lib, mamlakat, xalq madaniy merosining bir bo‘lagi. 
Ularga ajdodlarimiz tomonidan qurilgan bir necha 
asrlik binolar, qadimgi shaharlar va qal’alarning 
qoldiqlari kabilar kiradi. 
Tarixiy obidalarni saqlash vazifasi umumdavlat 
ahamiyatiga ega bo‘lib, u ma’naviy tarbiyaning 
asosiy qismini tashkil qiladi (75-rasm). 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling