Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Xorazm viloyati 
Amudaryo bo‘yida joylashgan. Vi-
loyat hududining maydoni – 6 100 kv. km, aholisi – 
1 million 746 ming kishidan ortiq. Xorazm viloyatining 
markazi – Urganch shahri. Viloyatdagi Xiva shahri 
dunyoga tanilgan qadimiy shahardir (69-rasm).
68-rasm. Ayoz qal’a. 
69-rasm. Xiva. Ichan qal’a. 


109
Amu daryodan chiqarilgan kanallar viloyatni suv 
bilan ta’minlaydi. Daryo bo‘yidagi to‘ 
qay larda o‘t 
o‘simliklardan tashqari, turang‘il teragi, tol, jiyda, qi-
zil yulg‘un kabi buta va daraxtlar o‘sadi. 
Cho‘l va adirlarda chipor ilon, ko‘k qurbaqa, 
toshbaqa, turli kemiruvchilar, to‘qayzor 
larda to‘qay 
mushugi, chiyabo‘ri, to‘rg‘ay, o‘rdak, kulrang g‘oz, 
qizilishton, zarg‘aldoq va boshqalar bor. Suv 
havzalarida ondatra va nutriya uchraydi.
70-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy xaritasi.
1 sm – 45 km


110
Xaritalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xo-
razm viloyatining hududi, chegaralari, asosiy shahar
daryo, kanal va suv omborlarini ko‘rib chiqing.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati 
bilan chegaradosh davlat va viloyatlarni xaritadan 
ko‘rsating.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati-
ning maydoni, aholi soni, shaharlarini ayting.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qanday 
foydali qazilmalar mavjud?
4. Bu o‘lkalarda qanday o‘simliklar o‘sadi? 
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati-
ning hayvonot dunyosi haqida nimalarni bilasiz? 
Yozuvsiz xaritada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
Xorazm viloyati hududini bo‘yang, asosiy dar-
yo, ko‘l, kanal va suv omborlari nomini yozing. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling