Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


-rasm. Xorazm viloyatining tabiiy xaritasi.  ?


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

71-rasm. Xorazm viloyatining tabiiy xaritasi. 
?
1 sm – 15 km


111
O‘ZBEKISTON TABIATINI MUHOFAZA QILISH
Odamlar tabiat boyliklaridan o‘z ehtiyojini qondirish 
maqsadida foydalanadi. Inson aql-zakovatining rivoj-
lanishi, mehnat qurollari va texnikaning taraqqiyoti 
natijasida tabiatga ta’siri ortib bormoqda. 
Insonning tabiatga ta’siri kuchaygani sari Ona 
zaminimizning havosi va suvlari ifl oslanmoqda, tabi-
at boyliklari kamaymoqda. Shuning uchun tabiatni 
asrash odamlar uchun juda katta hayotiy ahami-
yatga ega. 
Tabiat – insonning yashash muhiti, oziq-
ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, 
yoqilg‘i va elektr quvvati, sanoat xomashyosi 
manbayidir. Tabiatni muhofaza qilish, uning 
boyliklarini tejab ishlatish zarur.
Inson tabiatga beparvo, e’tiborsiz bo‘lsa, tabiat-
dagi o‘zaro bog‘liqlik buziladi. Bu esa u yoki bu 
tirik jon 
zotning halokatiga olib keladi. Masalan, agar 
o‘rmondagi kesilgan daraxtlar o‘rniga ko‘chatlar 
ekib o‘rmon tiklanib borilmasa, inson uchun zarur 
bo‘lgan havodagi kislorod miqdori kamayib ketadi. 
O‘rmonlarning qisqarishi hayvonlarning qirilib keti-
shiga sabab bo‘ladi. 
Hozirgi paytda tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan oqilona foydalanish muammolari
dunyo miqyosiga ko‘tarilgan. Yuzdan ortiq mam-
lakatda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus 
tashkilotlar tuzilgan, ko‘plab qonunlar qabul qilingan.


112
72-rasm.  Hisor tog‘ tizmasining yashil libosi.
O‘zbekistonda ham tabiatni muhofaza qilishga 
hukumatimiz miqyosida alohida e’tibor berilmoqda. 
Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
tuzildi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologiya 
va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi 
tashkil etildi.
Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan oqilona foydalanish O‘zbekiston Res-
publikasining Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza 
qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan amalga oshi-
riladi. Har birimiz ana shu qonunlarga rioya qili-
shimiz, jonajon tabiatimizni asrashimiz, u haqida 
qayg‘urishimiz lozim.
Mamlakatimizdagi yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va 
hayvonlar «O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobi»ga 
kiritilib, muhofazaga olingan.


113

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling