Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Farg‘ona viloyati
ning ham yer yuzasi, asosan, 
tekisliklardan iborat. Shimoliy qismida adirlar bor. 
Janubiy qismi esa Oloy va Turkiston tog‘ tizmalari-
ning etagi hisoblanadi. 
May doni – 6 800 kv. km, aholisi – 3 million 500 
ming kishidan ortiq. Markazi – Farg‘ona shahri. Shu-
ningdek, Qo‘qon, Marg‘ilon va boshqa shaharlar bor.
Viloyatning Tojikiston bilan chegarasi bo‘ylab Sir-
daryo oqib o‘tadi. Oloy tizmasidan Isfara, So‘x, Sho-
himardon, Isfayram 
soy daryolari oqib tushadi. 
Farg‘ona viloyati hududida neft, tabiiy gaz, ohak-
tosh, gips konlari mavjud.
Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarini o‘z 
ichiga olgan Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan tog‘lar 
sovuq va nam havolarni birmuncha to‘sib turadi. Shu-
ning uchun vodiy ning ob-havosi issiq va quruqroqdir. 
Qishda o‘rtacha harorat 
−2°C ni tashkil etadi. Yozda 
havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat +42°C gacha 
ko‘tariladi. 
Farg‘ona vodiysining markaziy qismini sho‘rxok va 
qumli yerlar tashkil etadi. Sho‘rxok yerlarda pash-
mak, ba 
liqko‘z, sho‘ra, yulg‘un, qumli yerlarda esa 
sakso vul, juzg‘un, quyonsuyak kabi o‘simliklar o‘sadi. 
Bu joylarda kaltakesak, yumronqoziq, qo‘shoyoq, 
turli ilonlar va hasharotlar bor.
Vodiy adirlarida lola, lolaqizg‘aldoq, qo‘ng‘irbosh, 
bug‘ doyiq, kakra, bo‘tako‘z, marmarak, sariqchoy 
kabi o‘sim 
liklar o‘sadi. 
Farg‘ona vodiysining tog‘oldi adirlarida yog‘in ko‘p-
roq yog‘adi. Shuning uchun bu joylar o‘simliklarga 


92
boy. Tog‘ yon 
bag‘ir larida bodom, do‘lana, xandon 
pista, archa, terak kabi buta va daraxtlar o‘sadi. 
Tog‘larda bo‘rsiq, bo‘ri, tulki kabi hayvonlar uchraydi.
Hozirda adirlarning katta qismi o‘z 
lash tirilgan. 
O‘zlashtirilgan yerlar ekin maydonlariga, bog‘larga 
aylantirilgan. Vodiy da yetishtirilgan o‘rik, olma, uzum, 
anor, qovun-tarvuzlar juda mazali (55-rasm).

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling