88
Toshkent viloyatida yozda harorat +38°C atrofi da,
qishda
−15°C gacha sovuq bo‘ladi.
Sirdaryo, Chirchiq
va Ohangaron kabi daryolar
viloyatni suv bilan ta’minlaydi. Chirchiq daryosiga
qurilgan Chorvoq suv omborining ahamiyati kattadir.
Viloyatning katta qismini egallagan tog‘liklar boy
tabiatga ega. Tog‘ yonbag‘irlarida lola, lolaqizg‘aldoq,
rovoch, piskom piyozi,
nor shirach, bodom, xandon
pista, do‘lana, tog‘
olcha, zirk, archa, yong‘oq va
boshqalar o‘sadi.
Daryo sohillaridagi to‘qaylarda chiya
bo‘ri, quyon,
yovvoyi o‘rdak, g‘oz va qirg‘ovullar yashaydi.
Tekis-
lik va tog‘ etaklarida kaltakesak, ilon, yumronqoziq,
toshbaqa,
shuningdek, tulki, bo‘ri, bo‘rsiq, kaklik
uchraydi.
Tabiatni muhofaza qilish uchun
Chotqol davlat
bio sfera qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Qo‘riqxona
Chotqol tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan.
Qo‘riqxona hududida qo‘ng‘ir ayiq,
oq tirnoqli ayiq,
Sibir tog‘ echkisi, bug‘u, to‘ng‘iz, qoplon, ko‘k sug‘ur,
qizil bo‘ri, Turkiston silovsini, jayra, qora tasqara,
qora kalxat, burgut kabi
jonivorlar muhofazaga olin-
gan.
Ugom va Chotqol tog‘ tizmalari oralig‘idagi katta
hududni
Ugom–Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i
tashkil etadi. Bu joylarda bolalar va kattalar dam olishi
uchun ko‘plab dam olish maskanlari barpo etilgan.
Toshkent
viloyati hududida oltin, mis, qo‘ng‘ir
ko‘mir, marmar, granit, ohaktosh kabi konlar bor.
89
54-rasmdan Toshkent viloyati hududini, viloyat hudu-
didagi tog‘
tizmalarini, asosiy daryo, suv ombori va
katta shaharlarni ko‘rib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: