Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Kultivatorlar tuzilishini aytib bering. 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Kultivatorlar tuzilishini aytib bering.
2. Kultivator ish organlari qanday joylashadi?
Sug‘orish usullari, me’yori, muddati va 
unda ishlatiladigan qurollar, mashinalar
Tuproqni sun’iy namlantirish orqali o‘simliklar suv bilan 
ta’min 
lanadi. Sug‘orishning bir necha usullari bor: yomg‘irli, 
ariqlar bo‘y 
lab va h.k.
Yomg‘irli sug‘orish, yomg‘ir mashinalari va qurilmalar 
yordamida amalga oshiriladi. Yomg‘irli sug‘orish faqat 
yer namligiga ta’sir ko‘rsatmay, balki havo namligini ham 
ta’minlaydi, o‘simliklardagi changni yuvadi. Bu o‘z navbatida, 
o‘simliklarning nafas olishi va organik moddalar hosil 
bo‘lishiga katta yordam beradi. 
Ekinlar, asosan, rivojlanish davrida sug‘oriladi. Sug‘orish 
mud 
dati va me’yori hamda muddati tuproq namligiga, 
o‘simliklar o‘sishi 
ning biologik fazalariga va ekin 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, sug‘orishlar 
soni haroratga ham bog‘liq bo‘ladi. Har bir o‘simlik uchun 
o‘zining me’yoriy davri mavjud. Masalan, yomg‘ir yog‘ishiga 
qarab, kartoshkaga suv quyiladi: birinchisi g‘uncha paydo 
qilish davrida, keyingisi har 10–12 kunda. 
Hozirgi kunda sug‘orishning uchta usuli qo‘llaniladi. 
Birinchi usul sirtdan sug‘orish (sug‘oriladigan dalaga suv o‘zi 
oqib tarqaladi). Ikkinchi usul – yomg‘irlatish (sug‘oriladigan 
dalaga suv yomg‘ir tarzida purkaladi). Uchinchi usul – tuproq 
tagidan sug‘orish (tuproq 
ning namlanadigan qatlamlariga suv 
tuproqqa yotqizilgan maxsus trubalardan beriladi).


215
Sirtdan sug‘orish eng oddiy va oson usuldir. Bu usul- 
ning kamchiliklariga suv tuproqning juda chuqur qatlamlariga 
kirib borishi tufayli ko‘p sarflanishi, dalaga suvning notekis 
taqsimlanishi, dala rel yefi murakkab bo‘lganida uni tekislash 
zarurligi kiradi.
Sug‘orishda «yomg‘irlatib» sug‘oradigan mashina-moslama-
lardan foydalaniladi. Ular ko‘proq suv chiqmaydigan yerlarda 
ishlatiladi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling