Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Urug‘ sifati deganda nimani tushunasiz? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Urug‘ sifati deganda nimani tushunasiz?
2. Urug‘ ekishda nimalarga e’tibor beriladi?
Urug‘ ekishda qo‘llaniladigan qurollar
moslamalar va mashinalar
Ekish mashinasi (seyalka) (12-rasm). Seyalkalar ekish usul-
lari va o‘simlik turiga qarab har xil bo‘ladi. Ekish mashi-
nalari o‘simlik urug‘larini qatorlarga kerakli miqdorda tash-
lash, ularni bir xil oraliq 
da joylashtirish va urug‘larni nam 
tuproqqa belgilangan chuqurlikda ko‘mish vazifasini bajara-
di. Shuningdek, seyalka ekish qatorla 
rining to‘g‘ri va bir xil 
tekislikda bo‘lishini ta’minlaydi.
Urug‘ ekish, ko‘chat o‘tqazish va o‘g‘itlash mashinalari 
tor va keng qatorlab ekuvchi, kartoshka o‘tkazuvchi, uyalab 
va aniq urug‘ tashlab ekuvchi, shuningdek, maxsus ekinlarga 
mo‘ljallangan makkajo‘xori, chigit, lavlagi, sabzavot, don va 
boshqa ekinlar ekuvchi seyalkalarga ajratiladi. Maxsus ekish 
mashinalarining ayrimlarini boshqa ekinlar urug‘larini ekishga 
ham moslashtirish mumkin.
Sanoatda ishlab chiqariladigan seyalkalarda g‘altakli va 
diskli ekish apparatlari bo‘ladi. 
Seyalka, asosan, qu-
yidagi qismlardan iborat: 
urug‘ yashiklari, ekish 
apparati, urug‘ o‘tkaz-
gichlar, soshniklar (seyal-
kaning egat ochadigan, 
unga urug‘larni tash-
lab, ularni tuproq bilan 
ko‘madigan ish organi, 
ko‘mgich va g‘al 
taklar). 
12-rasm. Urug‘ ekish mashinasi – 
seyalka.


212
Urug‘lar urug‘ yashigiga solinadi, uning tagida urug‘larni 
kerakli miqdorda ajratadigan diski bo‘ladi, Diskda ajralgan 
urug‘lar urug‘ o‘tkazgich orqali soshnikka tushadi. Soshnik 
harakatlanganda pichoqlari tuproqni kesib, chetga suradi va 
urug‘ uchun egatchalar ochadi. Ayni vaqtda ponasimon zich-
lagich yordamida egat tagi zichlanadi va urug‘ tuproqning 
nam qatlamiga tushadi. Ko‘mgichlar egat yonlaridagi tuproq-
ni o‘rtaga surib, egatlarni ko‘madi va urug‘ ustida yumshoq 
tuproqli marza hosil bo‘ladi. Nam tuproqqa tushgan urug‘ qa-
torlari ustidagi tuproq maxsus g‘altaklar bilan zichlanadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling