Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Maktab ustaxonalarida qanday stanoklar qo‘llaniladi?  2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Maktab ustaxonalarida qanday stanoklar qo‘llaniladi? 
2. Qanday jarayon mеtallni parmalash dеb ataladi?
3. Parmalash dastgohining ishlash prinsipini ayting.
4. Parmalash dastgohida ishlashdagi xavfsizlik tеxnikasi qoidalarini 
ayting.
5. Dеtallarni biriktirishning qanday turlarini bilasiz?
6. Harakatni uzatishning qanday turlarini bilasiz va ulardan qanday 
mеxa nizmlar hamda mashinalarda foydalaniladi?
7. Qanday mashinalar va mеxanizmlarda tasmali uzatmadan foydala-
niladi?
1.4. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH TЕXNOLOGIYASI
Mеtallga ishlov bеrish tеxnologiyasi, konstruksiyalash 
elеmеntlari
Metallarga ishlov berish, asosan, kesib ishlash hamda 
bosim bilan ishlash orqali amalga oshiriladi. 
Metallni tashqi katta kuch yordamida plastik deformatsiya-
lash (ya’ni, metallga bosim bilan ishlov berilganda metall 
shaklini o‘zgartirib, avvalgi holatiga qaytmaslik holatiga ay-
tiladi. Masalan, aluminiy plastik deformatsiyalanadi, chunki, 
unga bosim shakl berilgandan keyin asl holatiga qaytmaydi) 
bosim bilan ishlov berish usuli deb ataladi. Bosim bilan 
ishlov berishning quyidagi usullari bor: prokatlash, tolalash, 
zichlashtirish, qizdirib bolg‘ada ishlov berish, hajmli va listli 
shtamplash (23-rasm). Metallar har xil egiluvchanlikka ega. 
Eng egiluvchan metall qo‘rg‘oshindir. Sovuq holda bosim bi-
lan qalay, aluminiy, mis, rux va temirga ishlov berish mum-
kin. Cho‘yan, marganes va boshqa sinuvchan metallarga bo-
sim bilan ishlov berib bo‘lmaydi.


28
Prokatlash yo‘li bilan chiqarilayotgan mahsulotlar turli 
profilga ega: kvadrat, olti burchak, aylana shaklida, burchak, 
shveller, ikki tavrli balka, rels, qurilish armaturasi, turbina 
parraklari va boshqalar. Cho‘zilgan yoki zichlangan zago-
tovkalarning ko‘ndalang qismini kichraytirish, silliqlashtirish 
maqsadida teshikli volokdan o‘tkazish 
tolalash (volocheniye) 
deb ataladi. Volokli stanlar volok va tortuvchi moslamalardan 
iborat. Tolalash sovuq va issiq holda amalga oshiriladi, bun-
da, albatta, ishqalanishni kamaytiruvchi moddalar ishlatila 
di.
Presslash metallga ishlov berish turlaridan biriga kiradi. 
Metallni yopiq sig‘imdan maxsus matritsa kanali orqali siqib 
chiqarish 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling