Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Tokarlik-vintqirqish stanogini ishga tayyorlash


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Tokarlik-vintqirqish stanogini ishga tayyorlash
Keskichni o‘rnatish. Keskich ushlagichda uchi shpindel 
o‘qidan tepada turadigan qilib o‘rnatiladi. Keskich balandli-
gini o‘lchash uchun burchakli shablondan foydalaniladi (22-
rasm). Keskichning to‘g‘ri joy 
lashganligini orqa markaziga 
nisbatan tekshiriladi (22-rasm, b). Keskichning chiqib qolgan 
joyi uning qalinligidan bir yarim uzunlikdan oshmasligi kerak 
(22-rasm, a).
22-rasm. Kеskichni o‘rnatish: a) kеskich va uni joylashtirish;
b
) kеskichning balandligini tеkshirish; d) burchakli shablon.
20-rasm. Rеykali uzatma. 
21-rasm. Tasmali uzatma.
H
b
a
d
h
1–1,5H


26
Qo‘pol ishlov berilgan paytda keskich ishlov berilayotgan 
detal o‘qidan 0,5–1 mm baland joylashishi kerak. Qattiq mate - 
riallarga ishlov berilganda keskich markaziy chiziqdan 0,5–1 mm
past joylashadi. Detalga yakuniy ishlov berilganda keskich 
uchi detalning markaziy chizig‘i bilan teng joylashtiriladi.
Xomashyo (zagatovka)ni joylashtirib qotirish. Ko‘pincha 
zagatovka o‘zi markazlovchi uchburchakli patronga joylashti-
riladi. Patron maxsus kalit bilan qotiriladi. Maktabda botiri-
ladigan torsli kalitdan foydalanish tavsiya etiladi. Kalit bilan 
qotirib bo‘lgandan keyin u o‘zi chiqib ketadi.
Stanokni ishga tayyorlashda xavfsizlik qoidalari
Stanokni ishga tayyorlashda xavfsizlik qoidalariga rioya 
etilishi lozim. 
1. Qo‘l va kiyimlar stanokning ochiq aylanadigan qismi-
ga, tasmali va tishli uzatmalariga tushib qolishidan saqlanish 
uchun dastgohning ana shunday qismlari himoya to‘siqlari bi-
lan o‘ralgan bo‘ladi. 
2. Elеktr dvigatеli ishlab turgan paytda tasmani bir tomon-
dan ikkinchi tomonga o‘tkazish taqiqlanadi.
3. Shpindеl yoki patron aylanib turganida parmalarni 
o‘rnatish va almashtirish man qilinadi.
4. Dastgohlarda parmalanayotgan dеtalni mashina yoki qo‘l 
tiskisiga mahkam o‘rnatish kеrak.
5. Dastgoh stolidagi qirindilarni faqat cho‘tka bilan sidirish 
lozim.
6. Parmalash dastgohida ishlashda kiyimning hamma tug-
malarini taqib olish, yеnglarni bog‘lab olish zarur.
7. Uvalanadigan mеtallarni parmalashda shaffof himoya 
ko‘zoyna 
gini tutish lozim.
8. Parmalash dastgohini to‘xtatish uchun aylanayotgan pat-
ronni qo‘l bilan ushlash mumkin emas.


27

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling