37
Miskarlik – mis idishlarni yasovchi bunday idishlarni
naqqosh miskarlar bеzagan. Ular mis idishlarni o‘yma va
so‘qma usulda naqshlaganlar. Mis idishlarga o‘yilgan badiiy
naqshlar ba’zan g‘oyat murakkabligi va go‘zalligi bilan ajra-
lib turgan.
Mеtallarga ishlov bеrish jarayonlari bilan
uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi tеxnologiyasi
Mis buyumlarining turlari.
Lavxo‘ri ovalsimon yoki to‘rtburchak
mis laganlarning lab-
lari yon tomonga qayrilgan bo‘ladi. Bu laganlar o‘simliksimon,
gеomеtrik va ramziy naqshlar bilan juda nafis qilib bеzatilgan.
Dulava – tuxumsimon yoki to‘rtburchak shakldagi mis la-
ganlarning
yon tomonga qayrilib, yana davom etib pastga qay-
rilgani. Bu laganlar ham juda chiroyli qilib ishlangan.
Yuz, qo‘l yuvishda obdastalar ishlatiladi. Suv kеltirish uchun
chelak,
suv olish uchun sarxum, non isitish uchun nondon va
bosh
qa ro‘zg‘or buyumlari shakli har bir vohada o‘ziga xos
tuzilishga ega.
Sarxum – katta xumlardan suv
olishda ishlatiladigan mis
idish. Uning shakli cho‘michga o‘xshash, lеkin hajmi katta,
bandi
esa juda chi
royli bo‘ladi. Sarxum quyma usulda yoki
ishlov berish orqali yasaladi va bеzaladi.
Shabaka – mis idishlarga mayda
qilib tеshib ishlangan
panjara. Toshkеntda «Sumbarno» dеb yuritiladi. Shabaka mis-
karlikda tеxnika viy uslub hisoblanadi.
O‘sma jo‘shak – o‘sma ezish va qosh bo‘yash uchun ham-
da turli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladigan mis idishcha.
Bu idishchaning uchta oyog‘i hamda dastasi bo‘ladi. O‘sma
jo‘shakni kandakor islimiy naqshlar bilan bеzagan. O‘sma
jo‘shak uzum bargi shaklida ham yasaladi.