32
Detallarni payvandlash yordamida biriktirish
Metall buyumlarni yuqori harorat
hisobiga bir-biriga ulash
payvandlash deb ataladi.
Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektrpay-
vandlash deyiladi.
Gazli payvandlash qalinligi uncha katta bo‘lmagan metall
jismlarni ulash uchun ishlatiladi.
Bunda issiqlik manbayi, yo-
nuvchi gazning (atsetilen, propan, vodorod va boshqa) kis-
lorodda yonishi hisobidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha atsetilen
bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishla
tiladi.
26-rasmda gaz bilan payvandlash uchun kerak bo‘lgan usku-
nalar tasvirlangan. Oq rangli ballonda atsetilen bo‘ladi. Atseti-
len vintel va reduktor orqali chiqadi. Kislorod ko‘k rangdagi
ballondan reduktor orqali chiqadi.
Ikkala gaz shlanglar orqali
qizdirgichda qo‘shiladi. Atse tilen va kislorodning ma’lum nis-
batida yonish harorati 3150°C ga ko‘tariladi.
Gaz bilan payvandlanayotgan
paytda payvand tizimi uchun me-
tall sim ishlatiladi. Payvandla-
nayotgan
metall va ishlatiladi
gan
simning kimyoviy tarkibi bir-biri-
ga yaqin bo‘lishi kerak.
Maxsus qizdirgich va gaz bilan
payvandlash
uskunasi yordamida
kesish ham mumkin. Kesish me-
tallni 1000–1180°C haroratgacha
qizdirishdan boshlanadi.
Keyin
kislorodning qirquvchi oqimi qi-
zigan metall bilan reaksiyaga ki-
rishadi,
natijada issiqlik ajralib
chiqadi va metallning pastki qat-
lamlarini qizdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: