Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik 
va yaroqsizlik belgilari
Xodalarni tilish (bichish) yo‘li bilan arralangan materiallar 
olina 
di, ulardan esa arralangan xomashyo (zagotovka) tayyor-
lana 
di. Arra 
langan detallar xodalarning o‘zidan arralab (tilib) 
olinadi. Arralangan materiallar (33-rasm) muayyan o‘lchamli 
va sifatli arralangan mahsulot bo‘lib, ikkita parallel yassi yu-
zasi (qatlami) bo‘ladi. 
Randalangan taxta deb, loaqal bitta yuzasiga, chetiga ran-
da 
da ishlov berilgan materialga aytiladi. 
Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning ko‘rinishi, yaroqli-
ligi, qattiq-yumshoqligi, zichligi va tashqi ta’sirlarga chidam-
liligi aniqlanadi. 
Yog‘ochning qattiqligi unga o‘zidan qattiq buyumlarning 
uchi ni, tig‘ini, qirrasini ma’lum o‘lchamdagi kuch bilan botirib 
ko‘rish orqali aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlati - 
ladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi. 
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura 
olishi, asosan, tajriba yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar 
orqali aniqlanadi. Shundan so‘ngina amaliyotda, xususan, 
qurilish obyektlarida foydalaniladi. Bunday tajriba va hisob-
kitoblar asosida har bir maqsad uchun qanday yo‘g‘onlikdagi 
va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi tekshiriladi.


43
Yog‘och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material bo‘lib, daraxt 
tanasidagi suv va boshqa moddalarni kerakli yo‘nali 
shlarda 
o‘tkazib turish xususiyatiga ega hamda o‘ziga tusha 
yotgan 
og‘irlikni ko‘ta rib turish vazifasini bajaradi. Daraxt kesilgandan 
keyin yog‘och to‘ 
qimalari orasidagi suv harorat ta’sirida 
tashqariga chiqishi natijasida yog‘och quriy boshlaydi. Bunda 
suv yog‘ochning hamma to‘qimalari ora sidan bir tekisda va bir 
xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa, yog‘och tanasi yorilmasdan 
quriydi. Agar, aksincha, yog‘ochning biror qis 
mi 
dagi to‘qi-
ma 
lari orasidan suv ko‘proq, boshqa qismidan esa kam 
roq 
tash qari ga chiqa boshlasa hamda yo g‘och ning turli qism - 
laridagi suv tashqariga bir vaqt da chiqmasa, yog‘och tanasi bir 
tekis quri 
may 
di. Buning na 
tijasida yog‘och tanasida yoriq 
lar 
paydo bo‘li 
shi, yog‘ochning buralish yoki buki 
lish hodisalari 
kelib chiqadi. 
Bunday hollarning oldini olish uchun yog‘ochni to‘g‘ri quri-
tish qoidalariga rioya qilinadi. Buning uchun ho‘l yog‘ochni 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling