Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Yog‘och deb nimaga aytiladi? 2
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
1. Yog‘och deb nimaga aytiladi?
2. Daraxtning qaysi qismlarida yog‘och hosil bo‘ladi? 3. Daraxtning yog‘och to‘qimalari qanday vazifalarni bajaradi? 4. Yog‘ochning ko‘ndalang halqalaridan nimalarni aniqlash mumkin? 5. Butasimon o‘simliklar yog‘ochidan nimalar tayyorlanadi? 6. Yog‘och turlari haqida ma’lumot bering. 1. Ayrim daraxtlarning umumiy shaklini va alohida qismlarining qanday shakl da o‘sishini aniqlang. 2. Turli daraxtlarga tegishli ko‘ndalang halqalarni kuzatib, ularning nimalarni bildirishini aniqlang. Jihozlar: Yog‘och namunalari. Ishni bajarish tartibi 1. Daraxtlarning umumiy shaklini va alohida qismlarining qanday shakl da o‘sishini aniqlash. 47 2. Yog‘och namunalarini tahlil qilish orqali u qaysi daraxtdan tay- yorlanganligini aniqlash. 3. Turli daraxtlarga tegishli ko‘ndalang halqalarni kuzatib, ular to‘g‘risida ma’lumot bering. Mahalliy hududda o‘sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog‘och turlarini o‘rganish Mamlakatimiz o‘rmonlarida daraxtning 100 dan ortiq tur- lari o‘sadi. Daraxtning hamma turlari ikkiga: ignabargli (qora- qarag‘ay, qarag‘ay, tilog‘och, archa va hokazo) hamda bargli (eman, qoraqa yin, qayin, tog‘terak va hokazo) daraxtlarga bo‘li nadi. Har bir turning yog‘ochligida o‘ziga xos guli (teks- turasi) bo‘ladi (35-rasm). Ishlov berish qiyinligi jihatdan yog‘och: yumshoq (tog‘ te - rak, jo‘ka, qarag‘ay va hokazo), qattiq (eman, qayin va ho ka- zo), juda qattiq (oq akatsiya, qoraqayin va hokazo) yog‘och- larga bo‘linadi. 35-rasm. Yog‘och teksturasi. Dub Qoraqayin Mirzaterak Tog‘ teragi Zirk Oqqayin 48 Yog‘och yuqori darajada mustahkam bo‘lib, unga kesuvchi asboblar bilan yaxshi ishlov bersa bo‘ladi. Yog‘ochdan yasalgan detallarni osongina yelimlash, mix va burama mixlar yordamida biriktirish mumkin. Yog‘ochdan yasalgan buyumlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli chiqadi. Lekin yog‘ochning kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, u namlik ta’sirida buziladi, quriganida qiyshayadi, tezroq qorayadi. Yog‘ochning ko‘zlari va qurt tesh gan joylari ham uning nuqsonlari hisoblanadi. Bu kamchi- liklar sanoat ishlab chiqarishida yog‘ochdan foydalanish im- koniyatlarini cheklaydi, ammo ular bezakdor buyumlar tay- yor lashda katta yordam berishi mumkin. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling