Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


-rasm. Duradgorlik asboblari va ularning joylashtirilishi.  38-rasm


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

37-rasm. Duradgorlik asboblari va ularning joylashtirilishi. 
38-rasm. Duradgorlik dastgohining 
iskanjasi.
Dastgoh 
qopqog‘i
Yurish vinti 
gaykasi
Yurish vinti
Qisadigan 
to‘sin


52
va ishlov beriladigan detal mustahkamlanadi yoki bo‘shati-
ladi.
Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchi-
ning bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish 
mumkin: Dastgoh yonida turing va qo‘llaringizni cho‘zib, 
kaft laringizni dastgoh ustiga qo‘ying. Agar shunda qaddingiz-
ni yoki qo‘llaringizni bukishga to‘g‘ri kelmasa, demak, dast-
gohning ba 
landligi to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi.
Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson su-
rilishi kera 
k. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning 
oldingi va ke 
yingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mum-
kin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to‘qmoq yor-
damida o‘rnatish lozim. Dastgoh qopqog‘ini kesuvchi va zarb 
beruvchi asboblarning shikastlashidan saqlash kerak.
Qo‘l asboblarining tuzilishi va turlari, 
ulardan foydalanish qoidalari
Yog‘ochlarga qo‘lda ishlov berish asboblarning turlari juda 
ko‘p bo‘lib, ular 
ning ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. 
Iskanjalar buyumni ishonchli tutib tura olishi, ularning siqib 
tu 
ruvchi qismi deformatsiyalanmagan bo‘lishi talab qilinadi.
Bolg‘a, katta bolg‘a va boshqalar muhrasi tekis bo‘lishi, 
chuqurcha yoki yorilgan joylari bo‘lmasligi, mustahkam 
dastakka ega bo‘lishi kerak. Dastaglari qattiq, qayishqoq 
yog‘och turlaridan ishlanadi. Yumshoq, mo‘rt yog‘ochdan ish-
langan dastaglardan foydalanish taqiqlanadi.
Bolg‘a va katta bolg‘a silliq, oval kesimli, tutib turiladi-
gan tomoni yo‘g‘onlashib boradigan shaklda bo‘lishi kerak. 
Dastagi yuzasi silliq, tekis bo‘lishi, yoriq va payrahalari 
bo‘lmasligi kerak.


53
Bolg‘a, egov, iskana, arra kabi asboblar dastasi yori 
lib ket-
masligi uchun temir halqa bilan mustahkamlanishi mumkin.
Dastag uzunligi asbob o‘lchamiga mos kelishi ta’minlanadi. 
Asbob og‘irligi va o‘lchami unda ishlovchi o‘quvchining yosh 
xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.
Qayd etilgan asboblardan dastagi bo‘lmagan, nosoz asbob-
lardan foydalanish taqiqlanadi.
Arralar to‘g‘ri kerilgan va charxlangan, dastaglari mustah-
kam o‘rnatilgan, silliqlab tozalangan bo‘lishi kerak.
Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan asoslarga ega 
bo‘lishi talab etiladi. Asosning keyingi qismi to‘mtoqlangan, 
dastagi silliqlangan bo‘lishi kerak. Randalash asbobining 
yo‘nish qismi to‘g‘ri charxlangan, yog‘och kolodkaga mustah-
kam va zich o‘rnatilgan bo‘lishi, yorilgan joylari va chuqur-
chalari bo‘lmasligi lozim.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling