Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Duradgorlik dastgohi qanday maqsadda foydalaniladi? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Duradgorlik dastgohi qanday maqsadda foydalaniladi?
2. Duradgorlik dastgohi qaysi qismlardan iborat?
3. Dastgoh stolining bir qismi nima uchun chuqurlashtirilgan?
4. Dastgoh stolining balandligi qanday usulda belgilanadi?
5. Dastgohda materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga 
rioya qilish nima uchun zarur?
6. Dastgohning yaxshi saqlanishi nimalarga bog‘liq?
7. Qo‘l asboblari bilan ishlaganda qanday xavfsizlik texnikasi qoi-
dalar
iga rioya qilish zarur?
1. Duradgorlik dastgohlarining tuzilishi va ishlash qoidalari haqida 
tushunchalar berish. 
2. Duradgorlik dastgohidan to‘g‘ri foydalanish usullarini mashq 
qilish.


54
Jihozlar: Duradgorlik dastgohi. 
Ishni bajarish tartibi
1. O‘zingiz ishlaydigan dastgoh stolining balandligini to‘g‘ri belgi-
lash uchun dastgoh oldida gavdangizni tik tutgan holda qo‘lingizni dast-
goh stoli ning yuziga qarab tik pastga uzating va qo‘lingiz kaftini bukib
uning to‘liq yuziga tegadigan balandlikni belgilang.
2. Dastgohga o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilgan holda 
ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnating.
3. Dastgohning barcha qismlari vazifalarini ish daftaringizga yozib 
oling.
4. Qo‘l asboblari bilan ishlaganda rioya qilinadigan xavfsizlik texni-
kasi qoidalarini ish daftaringizga yozib oling.
 
O‘lchash va rejalash asboblari 
Rejalash deganda, chizmadagi shakl va o‘lchamlarni yasa- 
ladigan buyumning zagotovkasiga rejalash as 
boblari yor-
damida ko‘chirishni tushunish lozim. Biror buyumni tay-
yorlashdan oldin uning zagotov 
kasini rejalash, ya’ni ishlov 
beriladigan chegaralarini chiziqlar bilan belgilab olish kerak. 
Duradgorlikda masshtabli lineyka, go‘niya, porsi go‘niya, xat-
kash kabi nazorat-o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalani-
ladi. Rejalash kerakli asbob-uskunalar (masshtabli chizg‘ich, 
duradgorlik go‘niyasi) yordamida chizmaga, eskizga, texnik 
rasmlarga muvofiq bajariladi. 39-rasmda go‘niya, buklama 
metr va ruletmetr kabi ayrim rejalash asboblari tasvirlangan.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling