Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Randalar bilan to‘g‘ri ishlash mashqlarini bajaring. Jihozlar


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

3. Randalar bilan to‘g‘ri ishlash mashqlarini bajaring.
Jihozlar: Arralash va randalash uchun yog‘och namunalari
.
Iskana va uning turlari. Boltalar 
Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi, o‘yuvchi 
va nov iskanalarga bo‘linadi (55-rasm, a, b, d).
Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan 
taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi
teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va 
yupqa taxtalar o‘yib teshiladi.
Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari hamma 
vaqt o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi.
Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. 
Bundan qat’i nazar ularning eni turli o‘lchamda tayyorlanadi. 
55-rasm. Duradgorlik iskanalari: a) o‘yuvchi; b) yo‘nuvchi; d) nov iskana.
b
d


67
Iskanalar bir tomondan charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning 
o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–35
o
, o‘yuvchi iskanalarning 
o‘tkirlik burchagi 25–35
o
atrofida bo‘ladi.
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, 
yong‘oq kabi pishiq yog‘ochlardan tayyorlanib, uchiga metall 
halqa 
kiydiriladi. Iskanalarning dastalarini tayyorlashda 
plastmassadan ham foydalaniladi. Iskana bilan ishlaganda 
dastgohni shikastlamasligi uchun ishlanayotgan buyumning 
ostiga ehtiyot taxtasi qo‘yib ishlanadi.
Bolta bilan yog‘och chopiladi, unda teshiklar, ariqcha-
lar ochiladi va yog‘och konstruksiyalarning ayrim detallari 
moslanadi. Bolta bilan yog‘ochni yorish, chopish va yo‘nish 
mumkin (56-rasm). 
Yo‘nish deganda yog‘ochdan payraha ajratish tushuniladi. 
Yog‘och yo‘nilganda undan payraha ko‘rinishidagi yupqa 
tarasha olinadi. 
Bolta bilan yo‘goch tolalariga ko‘ndalang urib, uni bo‘lib 
tushi 
rilsa, bu jarayon chopish deyiladi. Chopishda bolta bilan 
tolalarga ko‘ndalang yo‘nalishda zarb beriladi va ular kesi-
ladi. Xodalarga odatda bir, ikki, uch, to‘rt qirrali va dumaloq 
bo‘ladigan qilib ishlov beriladi.
56-rasm. Bolta tig‘ining dastaga nisbatan joylashuvi: a) to‘g‘ri 
burchak ostida (o‘tin yorish uchun); b) o‘tkir burchak ostida (shox-
shabbalarni chopish uchun; d) o‘tmas burchak ostida (daraxtni biroz 
chopib qo‘yish uchun).
a
b
d


68

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling