Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi?
2. O‘yuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi?
3. Yo‘nuvchi iskanalar tig‘i qanday shakllarda bo‘ladi?
4. Kesuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi?
5. Iskana bilan ishlashda qaysi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish 
shart?
6. Boltalarning duradgorchilikdagi vazifasi va turlari haqida nimalar 
bilasiz?
Iskanalar bilan turli yog‘ochlarga ishlov berish mashqlarini bajaring. 
Jihozlar: Iskanalar va boltalar.
Bolg‘a va uning turlari
Yog‘och qismlarini yig‘ishda iskanalar yordamida o‘yish-
teshish ishlarini bajarishda duradgorlik bolg‘alari va yog‘och 
to‘qmoqlardan foydalaniladi. 
Duradgorlik bolg‘alari kvad-
rat, doira muhrali bo‘ 
lib, ichki qismi har xil ko‘rinishda 
bo‘ladi (57-rasm, a, b). Ayrim bolg‘a larning uchki qismi mix 
sug‘urishga moslangan. Duradgorlik bolg‘alarining muhrasi 
tekis va silliq bo‘lishi, qavariq va ezilgan joylari bo‘lmasligi 
kerak. Qavariq va ezilgan muhrali bolg‘alar yog‘och sirtini 
ezib, tekisligini buzadi.
57-rasm. Duradgorlik bolg‘alari va yog‘och to‘qmoqlar: a) kvadrat 
muhrali; b) doiraviy muhrali bolg‘alar; d) yog‘och to‘qmoqlar.
d
a
b


69
Yog‘och qismlarini biriktirish, jipslash hollarida bolg‘a 
urilayotgan sirtlar ezilmasligi uchun ularning ustiga qat-
tiq yog‘ochlardan ehtiyot taxtasi qo‘yiladi. Qismlarni mix-
lash yo‘li bilan biriktirishda mixning sirtga tik qoqilishiga
ularning egilib yog‘ochni ezib qo‘ymasligiga e’tibor beriladi. 
Mix kallagini yog‘ochga bolg‘alab botirilmasdan, balki uning 
ustiga sumba qo‘yib qoqiladi. Aks holda bolg‘aning notekis 
tushishi oqibatida sirt ezilib qoladi.
Iskana bilan o‘yish-teshish ishlarini bajarishda dastani 
ezib qo‘ymaslik uchun bolg‘a o‘rnida 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling