Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Randa turlari va randalash qoidalari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Randa turlari va randalash qoidalari
Yog‘ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arra-
lab olinganidan so‘ng uning sirtini tozalash, silliqlab tekislash 
va aniq o‘lchamga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi. 
Bu maqsadda turli xil randalardan foydalaniladi.


62
Duradgorlik randalari vazifasiga ko‘ra sirtlarni tozalash
sil 
liq 
lash, tekislash maqsadida ishlatiladigan, ya’ni yog‘ochga 
birlamchi ishlov beruvchi randalar (sherxebel, taxta randa
mush 
randa, japs randa)ga va maxsus randalar (zakrov ran-
da, chok randa, konish randa, dila randa, chorabzal randa)ga 
bo‘li na di. 
Sherxebel yog‘och materiallarning sirtini tozalash 
va qalin payraha olish yo‘li bilan xomaki randalash maqsa-
dida ishlatiladi. Sherxebelning asosiy qismlari kunda, tig‘ va 
ponadan iborat bo‘ lib, kundasining uzunligi 250–260 mm, eni 
40–45 mm, qalinligi 60 mm bo‘ladi. Tig‘ining eni 30 mm 
bo‘lib, kesuvchi qirrasi yoy shakliga ega. Bu qalin payraha 
olib oson randalash imkonini beradi (50-rasm, a).
Sirtlarni silliq randalash uchun 
taxta randa ishlatiladi. 
Taxta randa sherxebeldan kundasining enliligi va tig‘ining 
to‘g‘ri bo‘lishi bilan farq qiladi. Taxta randa kundasining eni 
55–60 mm, tig‘ining eni 45–50 mm bo‘ladi. Bu randa yor-
damida sirtlarni silliq randalash uchun tig‘ni yupqa payrahxa 
oladigan qilib kundadan mumkin qadar oz chiqariladi. Payraha
50-rasm. Randa turlari: a) sherxebel; b) taxta randa; d) mushranda: 
1

pona; 2

kunda; 3

tig‘; 4

temir pushtak; e) pushtakli tig‘; f) japs 
randa: 1

tig‘; 2

pushtak; 3

pona; 4

dasta; 5

bolg‘alash tugmasi.
a
b
d
e
f
1
2
4
3
5
1
2
3
4


63
qalin olinsa, sirtlar silliq chiq-
maydi (50-rasm, b). 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling