Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
39-rasm. Rejalash va o‘lchash asboblari.
Go‘niya Buklama chizg‘ich Ruletmetr 56 Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyor- lanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomoni baza tomon deyiladi. Yog‘ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdor- da detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq hisoblab chiqish lozim. Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish uchun yog‘ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordami- da olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi. Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza to- mondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2–3 bel- gi qo‘yiladi (41-rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘i chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa uning asosi zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi. Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ich, metr, o‘ramametr, go‘niya, xatkash transporti va o‘lchov andazalari kiradi. 40-rasm. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash: a) detalning enini o‘lchash; b) reja chizig‘ini o‘tkazish. Qirra Chiziqlar a b 57 41-rasm. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish. To‘g‘ri Noto‘g‘ri Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa ma- teriallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrga- cha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tek- shirish uchun ishlatiladi. 100 santimetrga teng uzunlik o‘lchov birligi metr deyiladi. Olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama shakli- dagi o‘lchash asboblaridan foydalaniladi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling