Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Ish quroli va uning vazifasi
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv sepish uchun gulchelak
- Yerni ekishdan oldin yumshatish
Ish quroli va uning vazifasi
Ko‘rinishi Kultivator – ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish va ekin unib chiqqanidan keyin egat oralarini yumshatishda foydalaniladi. Kultivatorning asosiy qismlari: 1 – dastagi; 2 – rama; 3 – g‘ildiragi; 4 – o‘toq qilish panjasi; 5 – vilka; 6 – yumshatish panjalari Yumshatkich – yerga ekin ekishdan oldin ishlov berish va unib chiqqandan keyin tagini yumshatish uchun qo‘llanadi. Yumshatkichning asosiy qismlari: 1 – ishchi organ; 2 – uzatish tasmasi; 3 – reduktor; 4 – dvigateli; 5 – boshqaruv qismi; 6 – g‘ildirak Suv sepish uchun gulchelak – o‘simliklarga suv quyish uchun ishlatiladi, egatlarga suv quyilganida suv sepish jo‘mragi olib qo‘yiladi Qo‘l seyalkasi – urug‘larni ekish uchun foydalaniladi: bir qatorli (1) va ikki qatorli (2) bo‘ladi 1 2 3 4 5 6 2 3 4 5 1 6 1 2 1. Yer qaysi qurollar yordamida ekishga tayyorlanadi? 2. Ustaxonadagi xavfsizlik qoidalarini sanab o‘ting. Amaliy mashg‘ulot. Yerni haydash va ekishdan oldin yumshatish usullari Yerni haydash deb – yerning tuprog‘ini ag‘darib, kesaklarni maydalab, o‘g‘itlarni ko‘mib, begona o‘tlarni yo‘qotib, yerni 208 qisman tekislab ketishga aytiladi. Yerni haydash faqat pluglar yordamida amalga oshiriladi. Pluglar vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Umumiy yerlarda ishlatiladigan pluglar. 2. Maxsus yerlarda ishlatiladigan pluglar. Umumiy yerlarda ishlatiladigan pluglar doimiy ekin ekilib kelayotgan yerlarda ishlatiladi. Maxsus pluglar yangi yerlar, bog‘lar va uzumchilikda ish- latiladi. Yerni ekishdan oldin yumshatish 1. Chirindi yoki boshqa organik o‘g‘it panshaxa bilan zam- bil yoki chelakka solinadi. 2. Chirindi chopiladigan yerga olib boriladi va kichik to‘plamlar qilib to‘shab chiqiladi. 3. Panshaxa bilan yerga bir tekis qilib chirindi sochib chi- qiladi. 4. Yerni chopish uchun temirdan yasalgan uchi uchli belkurak olinadi, uni yerdan taxminan 60 gradus burchak os- tida qo‘yiladi. Yerni chopganda belkurak temir qismi bilan butunlay yerga kirishi kerak. 5. Kesib olingan yer qatlami biroz ko‘tariladi va uni solin- gan o‘g‘itlar hamda o‘simlik qoldiqlari tagiga tushadigan qilib ag‘dariladi, yer chopganda juda qalin qatlam kesmaslik kerak. 6. Yerni chopishda tuproqdan begona o‘tlarni, ayniqsa, ko‘p yillik o‘simliklar ildizlarini chiqarib tashlash, ularni chetga olib chiqib to‘plash va yoqib yuborish lozim. Ish qo‘lqop kiyib bajariladi, yerni chopganda belkurakni navbat bilan bir o‘ng, bir chap oyoq bilan bosiladi (5 daqiqa- dan), belkurak bilan ehtiyot bo‘lib ishlash, oyoqlarni asrash lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling