Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Poliz ekinlari necha yillik o‘simlik? Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

2. Poliz ekinlari necha yillik o‘simlik?
Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda 
o‘g‘itlarning ahamiyati va turlari
 
Tuproq unumdorligini oshirish, ekinlardan mo‘l va sifatli 
hosil olish uchun tuproqqa o‘g‘it solinadi. O‘g‘itlar mahalliy 
va mineral o‘g‘itlarga bo‘linadi. 
Mahalliy o‘g‘itlarga go‘ng, torf, chirindi, o‘simlik va hay-
von qoldiqlari misol bo‘ladi. Ularda o‘simliklar hayoti uchun 
zarur hamma ozuqa moddalar bo‘lganligi uchun juda foydali 
hisoblanadi. Mineral o‘g‘itlar fosforli, kaliyli, azotli turlarga 
bo‘linadi, ular kimyo zavodlarida ishlab chiqariladi. Azotli va 
kaliyli o‘g‘itlar suvda yaxshi eriydi, shuning uchun ular yerga 
ekin ekishdan oldin yoki yozgi oziqlantirish vaqtida beriladi. 
Azot o‘simlik va poya barglarining tez o‘sishini ta’minlaydi. 
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar hosildorlikni oshiradi, hosilning 
tez pishib yetilishiga yordam beradi. 
Har xil chiqindilarni tuproq yoki torfda chiritib mahalliy 
o‘g‘it (kompost) tayyorlash mumkin (9-rasm). U o‘simlik 
qoldiqlari, torf, go‘ng, tuproq aralashmasidan iborat bo‘ladi. 


202
Kompostga mineral (asosan, fos-
forli) o‘g‘itlar ham qo‘shiladi: 10 
kilogramm o‘simlik qoldig‘iga 
100–200 gramm mineral o‘g‘it 
qo‘shiladi. 
Kompost so‘zi o‘zi aralashma 
degan ma’noni anglatadi. Kom-
post tarkibiy qismlar qatlamlari-
dan iborat qilib to‘shaladi. Har 
bir qatlam 25–30 sm bo‘lishi 
zarur, to‘p 
lamning keng 
ligi taxminan 2–2,5 metr, balandligi 
1–1,5 metr bo‘lishi kerak, uzunligi to‘plangan material miq-
doriga bog‘liq bo‘ladi va taxminan haftada bir marotaba suv 
sepiladi. Bu o‘simlik qoldiqlarining tezroq chirishiga yordam 
beradi. 
Kompost uyumini to‘playot gan da, uning chetlarini o‘rtasidan 
balandroq qilish kerak, shunda suv butun uyumga singib bo-
radi. Uyumning ustini to‘l yoki polietilen plyonka bilan yopib 
qo‘yish lozim. Yoz kunlari bu uyumni bir marotaba ag‘darib 
qo‘yish zarur. Kompostni yerga bir yildan keyin solish mum-
kin, lekin bu ishni 2–3 yildan keyin amalga oshiradilar.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling