199
2. Kechki kartoshka qanday joylarga ekiladi?
3. Kartoshkani o‘g‘itlash haqida ma’lumot bering.
Qishloq xo‘jaligida g‘alla yetishtirish
texnologiyasi va jarayoni
G‘alla ekinlari ham muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi.
Donli ekinlardan tayyorlangan
oziq-ovqat mahsulotlari mazali,
to‘yimli, yaxshi hazm bo‘ladi. Donli ekinlar organizm uchun
zarur bo‘lgan B
1
,
B
2
,
RR
vitaminlar, kalsiy, temir va fosforga
boy.
G‘alla ekinlarini bug‘doy yetishtirish misolida o‘rganamiz.
Bug‘doydoshlarning ildizi popuksimon bo‘lib, qo‘shimcha il-
dizlar yig‘indisidan tashkil topgan.
Poyasi silindrsimon, tik
o‘sadi, bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Barglari oddiy, bo‘g‘imlarda
ikki qator o‘rnashgan. Barg ikki qismdan: poyani o‘rab ol-
gan pastki qism – barg qinidan
va qayrilgan yoki bigizsi-
mon shaklli barg yaprog‘idan iborat. Gullari mayda, rang-
siz, ko‘kimtir, boshoqchalarda joylashgan.
Boshoqchalar esa
o‘z navbatida,
murakkab boshoq, so‘ta, ro‘vak sulton kabi
to‘pgulga yig‘ilgan.
Kuzgi bug‘doy issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘ladi.
U tuproqdagi
namni oz-ozdan oladi, o‘sish davrining boshi
va oxirida namga talabchan emas.
Donli ekinlar turli harorat-
da unib chiqadi. Bug‘doy, javdar, arpa, suli donining unishi
uchun harorat 1–2°C, maysalashi uchun kamida 4–5°C bo‘lishi
kerak.
Donli ekinlar tuzli tuproqlarda yaxshi hosil bermaydi.
Bug‘doy ekiladigan maydonlarda gumus miqdori 2–2,5 foiz-
dan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekistonda hozirgi kunda ikki asosiy ekin bor,
bularning
har ikkisi bir-biri uchun asosiy o‘tmishdosh sanaladi. Kuzgi
bug‘doy uchun sug‘oriladigan maydonlarda asosiy o‘tmishdosh
200
ekin g‘o‘zadir. G‘o‘zadan keyin tuproqda o‘zlashtirilmay qol-
gan mineral o‘g‘itlarni bug‘doy nisbatan yaxshi o‘zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: